Koreya ilg‘or texnologiyalar va fan instituti (KAIST- Korea Advanced Institue of Science and Technology) 2019-yilning kuzgi semesterida o‘qishni boshlovchi bakalavr bosqichi talabalari uchun stipendiya dasturini e’lon qiladi. Ushbu dasturda Janubiy Koreyadan tashqari barcha davlat fuqarolari qatnashishi mumkin.
Ta’lim olish sohasi:
Nomzod Institutda mavjud bo‘lgan har qanday fakultet (yo‘nalishdan) lardan birida ta’lim olish uchun hujjat topshirishi mumkin.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichida o‘qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Stipendiyani qo‘lga kiritgan nomzod quyidagi moddiy ta’minotlar bilan ta’minlanadi:
- Institutda ta’lim olish puli (tuition fee) – 4 yillik kontrakt puli to‘lab beriladi.
- Koreyada hayot kechirishi uchun nomzod 350 ming Koreya voni (taxminan 310 AQSh dollari) miqdoridagi oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.
- Tibbiy sug‘urta xarajatlari to‘lab beriladi.
Talablar:
- Nomzod Janubiy Koreya fuqarosi bo‘lmasligi lozim.
- Nomzod Koreya ilg‘or texnologiyalar va fan institutining bakalavr bosqichiga qabul qilinish uchun qo‘yilgan talablariga to‘la mos bo‘lishi lozim.
- Nomzod 2019-yilning kuzgi semestrida o‘qishga qabul qilinga bpʻlishi/qabul qilinishi va kuzgi semestrdan oʻqishni boshlashi lozim.
- Talaba sifatida institutda o‘qish davomida nomzod Institutning 4.3 lik baholash tizimida kamida 2.7 ballik o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini qayd etishi lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
Topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatar:
Topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati va hujjat topshirish jarayoni haqidagi to‘liq ma’lumot bian SHU YERDA tanishing.
Har bir hujjat topshiruvchi nomzod ro‘yxatdan o‘tish pulini to‘lashi lozim (80 AQSh dollari).