×

KTH Royal Institute of Technology: magistraturada o’qish uchun to’liq grant!


Grant

MUHLAT

15.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

1784 marta

Shvetsiyaning poytaxti – Stokgolmda joylashgan KTH Qirollik texnologiya instituti (Royal Institute of Technology) magistraturada o’qishni xohlovchi nomzodlardan KTH Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur institut magistratura bosqichiga aʼlo ko’rsatkichlar bilan qabul qilingan yoki oʻqiyotgan talabalar uchun moʻljallangan. Stipendiya ikki yilga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Stipendiya yutib olgan talabalarga institutda oʻqish xarajatlari to’liq qoplab beriladi. Masalan, Turbomachinery Aeromechanical University Training dasturi doirasida oʻqish taxminan 36 ming yevro; Molecular Techniques in Life Science dasturi oʻqish haqi esa taxminan 38 ming yevroni tashkil etadi.

*Stipendiya yashash xarajatlarini qoplashni nazarda tutmaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod Qirollik texnologiya institutining quyidagi yoʻnalishlardan biriga kontrakt asosida o’qishga qabul qilinishi/qabul qilingan bo’lishi lozim:
    Molecular Techniques in Life Science;
    Turbomachinery Aeromechanical University Training (THRUST)
  2. Ikkinchi kursda oʻqiyotganlar birinchi kursni aʼlo natijalar bilan tugallagan boʻlishi kerak.
  3. Yuqoridagi magistrlik dasturlariga endi hujjat topshirayotgan nomzodlar qabul talablariga mos boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan dasturda oʻrnatilgan talab doirasida ingliz tili (IELTS, TOEFL yoki boshqa) darajasiga ega boʻlishi lozim. Odatda minimum IELTS 6.5 soʻraladi.
  5. Erasmus Mundus va EIT stipendiyasini olayotganlar bu stipendiyaga hujjat topshira olmaydilar.
  6. Nomzod xorijlik talaba boʻlishi kerak.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

Stipendiya dasturi uchun nomzodlarni tanlab olish akademik yetuklik, yaʼni baholarning yuqoriligi va erishilgan yutuqlarga asoslanadi, shuningdek, tanlov magistratura dasturiga qabul jarayoniga parallel tarzda olib boriladi. Magistraturaga qabul uchun oʻrnatilgan darajalarga mos kelgan talabgorlargina stipendiya dasturi doirasida koʻrib chiqishga loyiq hisoblanadilar. Shundan soʻng barcha toʻplangan hujjatlar asosida quyidagi mezonlarga koʻra stipendiya sohiblari aniqlanadi:

  • Baholar (GPA yoki ekvivalenti);
  • Bakalavrda oʻqigan universitet/institutning reytingi;
  • Magistratura dasturi doirasidagi saralash natijalari va dastur rahbarining tavsiyanomasi;
  • Nomzodning motivatsiyasi, sohaga tegishli ish tajribasi va darsdan tashqari faoliyati.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzodlar dastlab magistrlik dasturlaridan biriga hujjat topshirishi lozim. Shundan so’ng, KHT Scholarship uchun belgilangan onlayn ariza ham to’ldiriladi (ariza formasi 2018-yil 1-dekabrda ochiladi).

Magistraturaga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Mos keluvchi magistratura dasturini tanlash lozim. Dasturlar: SHU YERDA;
  2. Ariza topshirish (2019-yil 15-yanvargacha). Ariza topshirish jarayoni haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA;
  3. Hujjatlarni joʻnatish (2019-yil 1-fevralgacha): BATAFSIL:
    – Bakalavr diplomi (ingliz tiliga tarjima qilingan va tasdiqangan);
    – Baholar (ingliz tiliga tarjima qilingan va tasdiqlangan);
    – Til sertifikati;
    – Pasport nusxasi.
    – Motivatsion xat;
    – Tavsiyanoma;
    – Rezyume esse
    – Agar talab qilinsa, akademik esse va portfolio;
  1. Ariza uchun 900 shved kronasi (87 yevro) toʻlanadi;
  2. Qabul natijasini tekshirish (2019-yil 4-aprel). Magistratura dasturiga qabul qilinganingizdan keyin KTH stipendiya haqida qoʻshimcha maʼlumot beradi.

*Hujjat topshirish jarayoni haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA. Hujjatlar tarkibi: SHU YERDA.

Hujjat topshirish 2018-yil 1-dekabrdan 2019-yil 15-yanvarga qadar davom etadi.

Savollar yuzasidan murojaat: feeandscholarships@kth.se

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!