×

Germaniya: barcha bosqichlar uchun oylik stipendiyalar


Grant

MUHLAT

01.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

4317 marta

Bavariyada (Germaniya) markazida joylashgan The Catholic University of Eichstätt-Ingolstadt (KU) universitetining chet ellik talabalar uchun ajratilgan moddiy ko’mak dasturi grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur shu universitetda o’qitiladigan bakalavr va keyingi bosqich kurslariga o’qishga qabul qilingan va talaba almashinuv dasturi asosida o’qishga kelgan chet ellik talabalar uchun mo’ljallangan. Dasturdan maqsad KU universitetida chet ellik talabalar sonini oshirish va ularni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Universitetda o’qitiladigan barcha kurslar haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda tahsil olishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant dasturi talabalarni yashash xarajatlari uchun beriladigan oylik stipendiyalar orqali qo’llab-quvvatlaydi. Grant yutib olgan talaba ko’pi bilan 5 oy mobaynida oyiga 336 yevro stipendiya bilan ta’minlanadi. 5 oy o’tgach, grantga qaytadan ariza berish va qaytadan yutib olish mumkin. Grant dasturi har doim avtomatik tarzda 5 oy amal qiladi va istalgan talaba grantga qaytadan ariza berish orqali uning muhlatini uzaytirishi mumkin, lekin stipendiya 36 oy davomida to’langach, grantni boshqa uzaytirish imkoni yo’q.

Talablar:

Grantlar quyidagi umumiy talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Germaniya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod KU’da to’liq stavka tizimida o’qitiladigan diplom kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan yoki KU’ga hamkor oliygohlardan talaba almashinuv dasturi orqali o’qishga (bir semestrga) kelgan bo’lishi zarur.
  3. Talaba ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
  4. Nomzod yuqori akademik va shaxsiy yutuqlarga erishgan bo’lishi zarur.
  5. Nomzod moddiy jihatdan stipendiyaga chindan muhtoj bo’lishi kerak. Agar nomzodning yillik daromadi 15000 yevrodan past bo’lsa, u grantga muhtoj deb olinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

2019-yil 1-apreldan 31-avgustgacha bo’lgan yozgi semestrga grant yutish uchun 1-martgacha; 1-oktabrdan 29-fevralgacha davom etadigan qishki semestrga grant yutish uchun 1-sentabrgacha grantga hujjat topshirish kerak.

Kerakli hujjatlar:

  1. To’ldirib, imzolangan ariza.
  2. KU’da o’qiydigan talabalar uchun – talabalik guvohnomasi. Talaba almashinuv dasturi uchun o’qishga kelganlar uchun – KU’ga qabul haqida ma’lumotnoma.
  3. Baholar va akademik yutuqlarni ko’rsatuvchi hujjatlar.
  4. KU talabasi uchun – shu universitet o’qituvchisidan kamida 1 ta tavsiyanoma. Bir semestrga o’qishga kelgan talaba uchun – u o’qiydigan universitet o’qituvchisidan kamida 1 ta tavsiyanoma.
  5. CV.
  6. Motivatsion xat ( 1 sahifa).
  7. Nomzodning millatini tasdiqlovchi hujjat.

Ariza berish uchun yuqoridagi barcha hujjatlarni yagona PDF faylga birlashtirib, incoming@ku.de elektron manziliga yuboring. Email jo’natayotganda sarlavha satriga “Scholarship: Promotion of internationalisation” deb yozishni unutmang.

KU’dagi talabalar almashinuv dasturlari haqida

KU’da o’qitiladigan kurslar haqida

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!