×

Kuala-Lumpur: Barcha xarajatlari qoplanadigan konferensiya!


Grant

MUHLAT

01.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Malayziya

O'QILGAN

7604 marta

2019-yilning 15-16-yanvar kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Jahon banki tomonidan tashkillashtirilgan “Globalization: Contents and Discontents (Globalizatsiya: Ijobiy va salbiy taraflar)” mavzusida fanlararo konferensiya bo’lib o’tadi. Konferensiya maqsadi – savdo-sotiq, migratsiya, pul oqimi, madaniyatlar almashinuvi, g’oyalar almashinuvi kabi globalizatsiya natijalarini tahlil qila oluvchi siyosatchilar va tadqiqotchilarni birlashtirish. Ishtirokchilar globalizatsiya xususiyatlari, jarayonini qayta ko’rib chiqadilar va globalizatsiya natijalari dunyo hamjamiyatiga ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishi masalasini muhokama qilishadi. Ishtirokchilar konferensiyada spekir sifatida qatnashadi.

Konferensiyada quyidagi mavzular muhokama etiladi:

  • Trade, Migration
  • Financial Flows
  • Culture
  • Diffusion of Information
  • Ideas and Technologies
  • the History of Globalization
  • Winners and Losers
  • Identity and Citizenship
  • the Governance of Globalization.

Mavzular yuqoridagilar bilangina cheklanmagan. Ishtirok etuvchi nomzod yuqoridagilardan boshqa mavzuni ham taklif etishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Konferensiyada ishtirok etish uchun qabul qilinganlarga quyidagi iqtisodiy imtiyozlar taqdim etiladi:

  • Kuala-Lumpurga borish va kelish xarajatlari qoplab beriladi.
  • Turar joy va oziq ovqat bilan ta’minlanadi.
  • Konferensiyaga qatnashish bilan bog’liq bashqa xarajatlar qoplanadi.

Talablar:

Konferensiyada istalgan davlat fuqarosi bo’lgan va globalizatsiya borasida tadqiqot olib borayotgan tadqiqotchilar qatnashishi mumkin. Konferensiya ingliz tilida olib boriladi va nomzod ingliz tilida qiyinchiliksiz muloqot qila olishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzodlar konferensiyada qatnashish uchun onlayn ariza topshirishi kerak. Arizada nomzod berilgan savollarga javob berishdan tashqari, globalizatsiyaga oid maqolasini/ilmiy ishini ham yuboradi. Bunda Ilmiy ish 12 ming so’zdan oshib ketmasligi kerak. Ishlar ingliz tilida bo’lishi lozim.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!