×

KUAS-E: Yaponiyaning nufuzli universitetlaridan biri – Kyoto amaliy fanlar universiteti bakalavr kurslari uchun to’liq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.10.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

4208 marta

Yaponiyada joylashgan Kyoto amaliy fanlar universitetida muhandislik (engineering) fakulteti bakalavr kurslarida o’qish uchun beriladigan Super KUAS-E Scholarship va KUAS-E Scholarship grant dasturlarini taklif etadi. Grantlar yuqori baholarga o’qigan, iqtidorli talabalarga beriladi. Mavjud kurslar ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Super KUAS-E granti:

  • Kontrakt to’lovi to’liq qoplanadi
  • Admission fee – o’qishga kirganda to’lanadigan bir martalik to’lov qoplanadi
  • Talabaga yiliga 1 200 000 yen (11 542 AQSh dollari) stipendiya beriladi.

KUAS-E granti:

  • Kontrakt to’loviga 30, 50, 100 foizgacha chegirma qilinadi. Chegirma miqdori nomzodning ko’rsatkichlariga qarab belgilanadi.
  • Admission fee – o’qishga kirganda to’lanadigan bir martalik to’lovga 30, 50, 100 foizgacha chegirma qilinadi. Chegirma miqdori nomzodning ko’rsatkichlariga qarab belgilanadi.

Kontrakt to’lovi bir yilga 16 000 AQSh dollariga yaqin. Batafsil 

Kyoto shahrida bir oylik yashash xarajatlari 100 000 yen (952 AQSh dollari) atrofida. Batafsil

Talablar:

  • Nomzod maktab, kollej yoki litseyni tamomlagan bo’lishi kerak. 
  • Nomzod matematika va fizika fanlarini yaxshi bilishi kerak. Matematika va fizika bo’yicha qabul qilinadigan fanlar bu yerda batafsil berilgan.
  • Nomzod kamida IELTS 5.5, TOEFL IBT 75 sertifikatiga ega bo’lishi kerak. Qabul qilinadigan boshqa testlar ro’yxati bilan tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar uch mavsumda qabul qilinadi. Hozir qabulning so’nggi mavsumida ariza berish uchun imkoniyat mavjud. Navbatdagi qabul uchun hujjatlar qabuli 2021-yil 1-oktyabridan 31-oktyabrigacha davom etadi. Hujjat topshirishni boshlash uchun bu yerga bosing. Ariza topshirish vaqtida 5000 yen (taxminan 48 AQSh dollari) ariza to’lovini amalga oshirish kerak.

Kerakli hujjatlar:

  • Pasport o’lchamidagi fotosurat
  • 300-350 so’zli motivatsiya inshosi
  • Maktab shahodatnomasi yoki kollej/litsey diplomi 
  • Baholar
  • Ingliz tili testi sertifikati
  • Ikkita tavsiyanoma
  • Pasport nusxasi.

Kerakli hujjatlar ro’yxati bu yerda batafsil keltirilgan.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!