×

Kvant fizikasi bo’yicha PhD kursini Shvetsiyada o’qish uchun grant dasturi


Grant

MUHLAT

15.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

1221 marta

Shvetsiyada joylashgan Chalmers universitetida Quantum Algorithms for Gene Sequencing and Life Sciences mavzusida olib borilayotgan tadqiqotga qo’shilish uchun PhD tadqiqotchisi lavozimiga arizalar qabul qilinmoqda. Tadqiqot universitetning amaliy kvant fizikasi laboratoriyasida 5 yilgacha muddatda olib boriladi. Bu laboratoriyada 30ga yaqin olim va tadqiqotchilar nano elektron texnologiyalar, shu jumladan, kvant kompyuterlarni o’rganib kelishadi. 

Grant kimlar uchun?

Kvant fizikasi bo’yicha PhD tadqiqoti olib borish niyatidagi tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan tadqiqotchi PhD diplomini olish va Chalmers universiteti xodimlariga beriladigan imkoniyatlardan foydalanishi mumkin bo’ladi.

Talablar:

  • Nomzod kvant texnologiyalar, fizika yoki shunga o’xshash sohada kamida 240 kredit soatiga teng bo’lgan magistratura kursini tamomlagan bo’lishi zarur.
  • Nomzod biotexnologiya, bioformatika va tibbiyotni ham tushunishi, turli sohalarni o’z ichiga olgan dasturlarda ishlash tajribasiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Nomzod hujjat topshirilayotgan tadqiqot dasturi mavzusiga qiziqishi, uni tushunishi va ko’proq o’rganishga tayyor bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalarni 2020-yil 15-oktyabrga qadar bu yerda yuborishingiz mumkin (sahifa oxiridagi kerakli tugmani bosish orqali ariza sahifasiga o’tiladi).

Kerakli hujjatlar:

 

  • CV
  • Shaxsiy bayonot (personal statement)
  • Bakalavr yoki magistratura tezisi nusxalari
  • Til sertifikatlari
  • Boshqa yutuqlarni ko’rsatuvchi hujjatlar.

 

Ma’lumot uchun goran.l.johansson@chalmers.se elektron manzili orqali Göran Johansson bilan bog’laning.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!