×

Kyoto University of Advanced Science: magistratura va doktorantura kurslari uchun to’liq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

17.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

1693 marta

Yaponiyada joylashgan Kyoto University of Advanced Science (KUAS) universiteti tomonidan taqdim etiladigan Super KUAS-E Scholarship va KUAS-E Scholarship grantlariga adizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar KAUS’ning muhandislik fakulteti (faculty of engineering) magistratura va doktorantura kurslarida o’qish uchun beriladi. Grant yutib olish mumkin kurslar ro’yxati bilan tanishish uchun bu yerga bosing.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktorantura kurslarida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Super KUAS-E Scholarship grantini yutib olgan magistratura va doktorantura talabalari kontrakt to’lovidan to’liq ozod qilinadi. Talabalarga har semestr 600 000 yen (5757 AQSh dollari) stipendiya beriladi. Undan tashqari, talaba qabul qilingandan keyin to’lanadigan bir martalik 200 000 yen to’lovdan ham ozod qilinadi.
  • KUAS-E Scholarship grantini yutib olgan doktorantura talabalari kontrakt to’lovi va qabul qilingandan keyingi bir martalik to’lovdan ozod qilinadi.
  • KUAS-E Scholarship grantini yutib olgan magistratura talabalari kontrakt to’lovi va qabul qilingandan keyingi bir martalik to’lovning 30%, 50% yoki 100% qismidan ozod qilinadi. Kontrakt to’lovi qancha?

Talablar:

  • Grantlar yuqori akademik va ilmiy natijalarga ega talabalarga beriladi.
  • Magistratura kursiga qabul uchun nomzod bakalavr kursini tamomlagan bo’lishi kerak.
  • Doktorantura kursiga qabul uchun magistratura va bakalavr diplomlari talab qilinadi.
  • Nomzod muhandislik fakultetidagi o’zlari tanlagan kurs yo’nalishiga mos kurslarni tamomlagan va sohada chuqur bilimga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzodga KAUS professor-o’qituvchilaridan biri ilmiy rahbar (nazoratchi – supervisor) bo’lishga rozi bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi, IELTS, TOEFL kabi sertifikatlarga ega bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirilmaydi. Magistratura va doktorantura kursiga topshirilgan arizalar grantga ham ko’rib chiqiladi. 

Magistratura va doktorantura kursiga hujjat topshirishdan avval kurs davomida talabaga nazoratchilik qiladigan professor-o’qituvchi topish kerak. Agar nomzod o’ziga nazoratchi topib, kelishmasa, ariza topshirishi mumkin bo’lmaydi. 

1-dekabrdan 17-yanvargacha bo’lgan muhlat ichida barcha nomzodlar Kyoto Universitetida nazoratchilik qilishi mumkin professor-o’qituvchilar bilan bog’lanib, kelishishlari kerak. Nomzod 1-dekabr va 17-yanvar oralig’ida so’rov yuborgach, nazoratchi 29-yanvargacha rad javobini yoki rozilik xatini yuboradi.

18-yanvar kuni magistratura va doktorantura kursiga arizalar qabuli boshlanadi va faqat nazoratchi rozilik bergan nomzodlar ariza topshirishi mumkin bo’ladi. Arizalar 26-fevralgacha qabul qilinadi. Ilk saralashdan o’tgan nomzodlar mart oyida suhbatga chaqiriladi. Natijalar aprel oyida e’lon qilinadi. 

Hujjat topshirish jarayoni bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin. Ariza berish jarayoni:

  1. Magistratura va doktorantura uchun qabul nizomi bilan tanishib chiqing.
  2. Kerakli hujjatlarni, shu jumladan, CV tayyorlang.
  3. Bu yerda nazoratchiga so’rov yuborish jarayonini boshlang.
  4. Nazoratchi rad javobini yoki rozilik xatini onlayn tizim orqali yuboradi. Nazoratchi topgan va rozilik olgan nomzodlar bu yerdagi hujjatlarni tayyorlashlari kerak.
  5. 5000 yen ariza to’lovini (48 AQSh dollari) to’lang.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!