×

Kyoto University of Advanced Science: Yaponiyada muhandislik bo’yicha bakalavr kurslari uchun grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

08.03.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

16444 marta

Yaponiyada joylashgan Kyoto University of Advanced Science (KUAS) universiteti bakalavriatda oʻqishni xohlagan talabalarga Super KUAS-E Scholarship va KUAS-E Scholarship grantlarini taklif etadi. Ushbu grantlarni KAUSdagi muhandislik yoʻnalishidagi bakalavriat dasturida oʻqish uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Navbatdagi qabulda nomzodlar 2024-yil kuzidan boshlab oʻqish uchun ariza topshirishi mumkin.

 

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantlar quyidagi imityozlar bilan taʼminlaydi:

  • Super KUAS-E Scholarship grantini yutib olgan bakalavriat talabalari kontrakt to’lovidan to’liq ozod qilinadi. Talabalarga har semestr 1 200 000 yen (taxminan 8250 AQSh dollari) stipendiya beriladi. Undan tashqari, talaba qabul qilingandan keyin to’lanadigan bir martalik 260 000 yenlik qabul to’lovidan ham ozod qilinadi.
  • KUAS-E Scholarship grantini yutib olgan bakalavriat talabalari quyidagi imtiyozlardan birini qoʻlga kiritadi:
    – 1-toifa: kontrakt va qabul toʻlovida toʻliq ozod qilinadi;
    – 2-toifa: kontrakt toʻlovining 50% qismi va qabul toʻlovining 50% qismini toʻlashdan ozod qilinadi;
    – 3-toifa: kontrakt toʻlovining 30% qismi va qabul toʻlovining 30% qismini toʻlashdan ozod qilinadi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod 12 yil majburiy ta’lim olgan bo’lishi kerak. 11 yillik maktab bitiruvchilari ham qabul qilinadi. Bunda nomzod yo toʻgʻridan-toʻgʻri bakalavriat kursiga, yoki tayyorlov kursiga qabul qilinishi mumkin (nomzod qaysi davlatdan ekanligiga qarab farq qiladi). 11 yillik taʼlimni bitirganlar/bitiradiganlar bu masalani universitetga email yozish orqali aniqlashtirib olishi mumkin.
  • Nomzodlar matematika yoki fizikaning tegishli sohasida yuqori salohiyat hamda hamda yuqori sinflarda olingan tegishli bilimga ega boʻlishi kerak. Bu haqida BU YERDA batafsil tanishing.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi, kamida IELTS 5.5 yoki TOEFL IBT 75 yoxud shu darajaga teng boshqa xalqaro til sertifikatiga ega bo’lishi kerak.
  • Bu grantlar nomzodlarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga qarab beriladi, shu sababli, nomzodning baholari imkon qadar aʼlo boʻlishi kerak.

Grantni qoʻlga kiritganlarning oʻqishdagi oʻzlashtirish koʻrsatkichi talab darajasida boʻlish kerak, talab darajasida oʻzlashtirmaganlar grantdan mahrum qilinadi. Talabaning oʻzlashtirilishi har semestr tekshirib boriladi.

MUHIM: Yuqorida talablar umumiy keltirilgan. Talablar bilan toʻliq tanishish uchun BU YERGA kiring.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga alohida ariza berilmaydi. Muhandislik bakalavr kursiga topshirilgan ariza topshirgan va arizada grantni qoʻlga kiritimoqchi ekanligi haqidagi katakni belgilagan barcha nomzodlar grantga talabgor sifatida koʻrib chiqiladi.

Universitetga qabul bir yilda 3 marta boʻladi va har uchala qabulda ham ushbu grantlarga topshirish mumkin. 2024-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul sanalari quyidagicha:

  1. Erta qabul: 2023-yilning 2-oktyabridan 27-oktyabrigacha davom etadi.
  2. Odatiy qabul: 2023-yilning 1-dekabridan 2024-yilning 12-yanvarigacha davom etadi.
  3. Yakuniy qabul: 2024-yilning 5-fevralidan 8-martigacha davom etadi.

Nomzodlarga imkon qadar erta yoki odatiy qabulga hujjat topshirish tavsiya etiladi. Arizalar onlayn tarzda topshiriladi. Ariza toʻldirishni boshlash uchun bu yerga bosing (faqat yuqorida koʻrsatil muddatlar davomida ariza topshirish mumkin).

Kerakli hujjatlar:

  • Fotosurat.
  • Pasport nusxasi.
  • Ariza inshosi (minimum 300, maksimum 350 soʻz).
  • Baholar. Hali oʻqishni bitirmaganlar oxirgi 2 yillik baholarini topshiradi. Oʻqishni bitirganlar kollej/litsey/maktabda olingan barcha baholarni topshiradi.
  • Til sertifikati (IELTS, TOEFL yoki boshqa).
  • Maktab, litsey, kollej diplomi/attestati. Hali bitirmaganlar va universitetda oʻqish boshlanguncha bitiradiganlar maktab/kollej/litseydan oʻqishni bitirish sanasi koʻrsatilgan maʼlumotnoma topshiradi.
  • Tavsiyanoma.

Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi lozim. Hujjatlar va ularga qoʻyilgan talablar bilan BU YERDA toʻliq tanishing (“Required documents” boʻlimi).

Hujjat topshirish tartibi va bosqichlari bilan BU YERDA batafsil tanishing.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval grant haqidagi rasmiy maʼlumot va ariza topshirish qoʻllanmasini toʻliq oʻqib chiqing.

Savollar yuzasidan admission@kuas.ac.jp email manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!