×

Kyungsung University: Janubiy Koreyada bakalavr kurslari uchun to’liq va qisman grantlar


Grant

MUHLAT

11.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

5128 marta

Janubiy Koreyaning Kyungsung University oliygohi bakalavr kurslariga arizalar qabul qilinmoqda. Ariza topshirgan talabalar orasida til bilish ko’nikmasi va boshqalar jihatdan eng yuqori natijalarga erishgan asosida to’liq va qisman grantlar belgilanadi. Grant universitetning bakalavr bosqichiga hujjat topshirgan arizachilar orasidan har bir yo’nalish uchun alohida-alohida tartibda tanlab olinadi hamda ingliz va koreys tilida o’qitiladigan kurslar uchun beriladi. Koreys tilida o’qitiladigan kurslar uchun alohida miqdordagi grantlar va ingliz tilida o’qitiladigan kurslar uchun alohida miqdordagi grantlar ajratilgan. Kyungsung universitetida o’qitiladigan barcha bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga o’qishning 1-semestri uchun kontrakt to’lovining 100%, 50%, 35%, 30%, 10% miqdoridagi qismi qoplab beriladi.

Talablar:

  • Nomzod Kyungsung Universiteti bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  • To’liq grant koreys yoki ingliz tilida o’qitiladigan kurslarga hujjat topshirganlar orasidan tanlab olinadi.
  • Koreys tilidagi kurslarga 100% grant uchun kamida: TOPIK 5 sertifikati; 50% grant uchun: TOPIK 4 sertifikati; 50% dan kam miqdordagi grantlar uchun TOPIK 3 sertifikati talab etiladi.
  • Ingliz tilidagi kurslarga 100% grant uchun nomzod kamida: TOEFL iBT 79 yoki IELTS 6; 100% dan kam miqdordagi grantlar uchun kamida TOEFL iBT 71 yoki IELTS 5.5 sertifikati talab qilinadi.
  • Yuqoridagi til testlaridan ko’rsatilgan ball to’plamagan, lekin o’qishga kirish vaqtida o’tkazilgan suhbatda eng oxirgi o’rinda muvaffaqiyatli o’tgan talabaga 10% grant beriladi.
  • Birinchi kurs talabalariga o’qishga qabul qilinganlik to’lovi (Admission fee) mavjud, bu to’lovdan Koreya hukumati granti – GKS yutib olganlar va Kyungsung universitetiga hamkor universitetlar tomonidan tanlab olingan talabalar ozod qilinadi.
  • Grant birinchi kursning birinchi semestri uchun beriladi. Yaxshi o’qigan talabalar ikkinchi semestrdan boshlab boshqa to’liq va qisman grantlarni yutib olishlari mumkin bo’ladi.
  • Nomzod 12 yillik ta’lim olgan bo’lishi kerak.
  • Nomzodning ota-onasi koreys millatiga mansub bo’lmasligi kerak.
  • Agar koreys tilida o’qitiladigan kursga hujjat topshirsangiz: san’at, musiqa, jismoniy tarbiya yo’nalishlariga qabul uchun TOPIK 3. Boshqa barcha kurslar uchun TOPIK 4 talab qilinadi va bu kurslarga TOPIK 3 bilan shartli ravishda qabul qilingan talabalar o’qish boshlangandan keyin 6 oy ichida TOPIK 4 sertifikatini olishi kerak bo’ladi. Bu talabni bajarmagan talabaning viza muddati uzaytirib berilmaydi.
  • Ingliz tilidagi kursga qabul uchun kamida TOEFL IBT 71 yoki IELTS 5,5 talab qilinadi. 

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga alohida ariza berish shart emas. Bakalavr kursiga ariza berganlarning hujjatlari grantga ham ko’rib chiqiladi.

Bakalavr kurslariga hujjatlar 2021-yil 11-yanvargacha qabul qilinadi.

Onlayn arizadan tashqari, ilova qilinishi kerak hujjatlarning rasmiy nusxalari ham yuborilishi kerak. Bu hujjatlar Kyungsung universitetiga 18-yanvargacha jo’natilishi kerak. 

Eslatma: ingliz tilida o’qitadigan kurslar orasida grant berilmaydiganlari ham mavjud. (English Track) o’qish mumkin Ariza topshirishdan avval tanlangan kurs haqida ma’lumotlarni yaxshilab tekshirib oling.

11-yanvargach hujjat topshirilgach, nomzodlar 12-14 yanvar kunlari suhbatdan o’tadi. Suhbat nomzodning mutaxassislik bo’yicha bilim,o’z maqsadlarini ifodalab berishi, akademik savodxonligi va qobiliyati hamda til bilish ko’nikmasiga ko’ra umumiy 100 ballik tizimda baholanadi.

San’at,musiqa va jismoniy tarbiya yo’nalishi arizachilaridan qo’shimcha hujjatlar yoki amaliy imtihon o’tkazilishi so’ralishi mumkin.

Ariza topshirish vaqtida 38.000 von (35 AQSh dollari) to’lov amalga oshiriladi.

Kerakli hujjatlar ro’yxati:

  1. To’ldirilgan ariza shakli
  2. Self Introduction va Study Plan
  3. Yuqori maktab attestatining (yoki kutilayotgan bitiruvchilik sertifikati) notarial tasdiqlangan nusxasi
  4. Baholarning notarial tasdiqlangan nusxasi
  5. Nomzod va ota-onasining pasport nusxalari
  6. Tug’ilganlik haqida guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi
  7. Moliyaviy holat haqidagi sertifikat 2 nusxada
  8. Ota-onasining ish haqi haqida ma’lumotlar
  9. Til sertifikati nusxasi
  10. Passport o’lchamidagi rasm (3×4 rasm) 5 musxada, oq fonda
  11. To’lovlar to’langanlik qog’oz (Ariza to’lovi va boshqa to’lovlar)

Muvaffaqiyatli qabul qilingan arizachilar ro’yxati 21-22-yanvar kunlari bu yerda e’lon qilinadi.

Batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishing.

Qo’shimcha ma’lumot va savollar bilan 

: +82-51-663-4061 (Korean Track)

 +82-51-663-4062 (English Track) telefon raqamlariga murojaat qilishingiz yoki admissions@ks.ac.kr manziliga e-mail jo’natishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!