×

Kanada: bakalavriat uchun 30 ming dollargacha grant!


Grant

MUHLAT

01.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

4458 marta

Kanadada joylashga Lakehead University universitetining chet ellik talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan International Entrance Scholarships 2019-2020 moddiy ta’minot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu moddiy ta’minot dasturi eng a’lochi va eng umidli chet ellk talabalarga moddiy yengillik berish maqsadida tashkil etilgan. Grantlar Lakehead universitetidagi barcha bakalavr kurslari uchun mo’ljallangan. bakalavr kurslari ro’yxati

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Moddiy yordam dasturi doirasida beriladigan grant miqdori talabaning o’zlashtirish darajasi, ya’ni baholaridan kelib chiqib belgilanadi:

  • 90% va undan yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichiga ega talabalarga butun kurs uchun umumiy 30000 Kanada dollari grant beriladi, bunda yillik grant miqdori 7500 dollarga to’g’ri keladi. Bunda grant keyingi yili ham berilishi uchun talaba shu ko’rsatkichni ushlab turishi zarur. Ya’ni, keyingi yil ham grant olish uchun bu yil ham 90% natija ko’rsatishi kerak.
  • 0% va 89.9% oralig’ida o’zlashtirish darajasiga ega talabalarga butun kurs uchun umumiy 20000 Kanada dollari grant beriladi. Bunda yillik grant miqdori 5000 dollarga to’g’ri keladi. Grant berilishi davom etishi uchun bu grantda ham talaba kamida 80% o’zlashtirish ko’rsatkichini saqlab qolishi shart.
  • O’zlashtirish darajasi 75.0-79.9% bo’lgan talabalarga 4000 Kanada dollariga teng bir martalik grant o’qishning birinchi yili uchun beriladi.

Grant ta’minoti talabaning o’qishi tugagunigacha (ko’pi bilan 4 yil) davom etadi. Bakalavr kurslari kontrakt to’lov miqdorlari

Talablar:

Grantlar Lakehead universitetiga bakalavr bosqchiga eng yuqori ballar bilan qabul qilingan chet ellik talabalarga beriladi. Bunda nomzod litsey, kollej yoki yuqori maktabni bitirishi bilan universitetda o’qishi boshlanadigan vaziyatda bo’lishi kerak. Ya’ni, nomzod bakalavr kurslariga hujjatlarini yuqori maktab, kojjel yoki litseyning so’nggi kursida o’qiyotgan payti topshirgan bo’lishi va o’qishni tugatishi va bakalavr kursiga kirishi oralig’ida yil o’tmagan bo’lishi zarur.

Bakalavr kurslariga qabul talablari:

  1. Nomzod yuqori maktab, kollej yoki litseyni tamomla(yot)gan bo’lishi kerak.
  2. Nozmodning baholar yaxshi va a’lo bo’lishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. U IELTS’dan kamida 6.5, TOEFL IBT’dan kamida 80, PBT’dan kamida 550 va CBT’dan kamida 213 ball to’plagan bo’lishi kerak. batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

International Entrance Scholarship grantlariga alohida ariza topshirish shart emas. Lakehead universiteti bakalavr kursiga hujjat topshirgan va qabul komissiyasi tomonidan o’qishga loyiq topilgan barcha talabalar grantga avtomatik tarzda nomzodlikka qo’yiladi. Grantlar 2019-2020 o’quv yili uchun eng yuqori ko’rsatkichlar bilan qabul qilingan eng umidli talabalarga belgilanadi.

Bakalavr kurslariga hujjatlar bu yerda qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Baholar
  2. O’tilgan fanlar haqida ma’lumot.
  3. Ingliz tili testi sertifikati

Murojaat uchun:

Telefon: (807) 343-8110
Faks: (807) 343-8023

Telefon: 705-330-4008
Faks: 705-329-4035

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!