×

Lakehead University: Kanadada bakalavriat dasturiga oʻqishga kirish yoki oʻqishni koʻchirish uchun 32 ming AQSH dollarigacha grantlar


Grant

MUHLAT

01.03.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

6185 marta

Kanadada joylashga Lakehead universiteti 2022-yilda oʻqish boshlanadigan bakalavriat dasturlarida tahsil olishni xohlovchi chet ellik iqtidorli talabalarga International Entrance Scholarships 2022-2023 grant dasturini taklif etadi. Bu grant dasturi 1-kursdan oʻqishga kirgan yoki bakalavriatdagi oʻqishini ushbu universitetga koʻchirgan eng a’lochi va eng umidli xorijlik talabalarga moddiy yengillik berish maqsadida tashkil etilgan. Grantlar Lakehead universitetidagi barcha bakalavriat kurslari uchun moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni istaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet bakalavriat kurslarida oʻqish haqi tanlangan sohaga qarab farq qiladi va yiliga oʻrtacha 28 000 Kanada dollari (taxminan 22 600 AQSH dollari)ni tashkil qiladi. Kontrakt narxlari bilan batafsil shu yerda tanishing.

Dastur doirasida beriladigan grant summasi nomzodlarning oʻrta taʼlim bosqichidagi oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkiga bogʻliq:

  • 90% va undan yuqori oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ega talabalarga butun kurs uchun umumiy 40 000 CAD (32 300 USD) grant beriladi (yiliga 10 000 CAD). Har yili 10 000 CAD grant olish uchun talaba oʻqish davomida kamida 90% lik oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichini saqlab turishi kerak. Agar bu koʻrsatkich 80-89,9% ga tushib qolsa, talabag keyingi yildan 7500 CAD berila boshlaydi.
  • 80% va 89.9% oraligʻida oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichga ega talabalarga butun kurs uchun umumiy 30 000 CAD (24 300 USD) grant beriladi. Bunda yillik grant miqdori 7500 CADga toʻgʻri keladi. Grant berilishi keyingi yillarda ham davom etishi uchun talaba kamida 80% lik oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichini saqlab qolishi shart.
  • Ortacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 75-79.9% boʻlgan talabalarga 6000 CAD (4850 USD)ga teng hajmdagi bir martalik grant beriladi (faqat 1-oʻquv yil uchun).

Eslatma: Yuqoridagi oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ega barcha xalqaro talabaga grant beriladi degani emas. Ular orasidan eng munosiblariga beriladi. Shuningdek, ushbu grantlarning nomzodlarga taklif etilishi 2 raundda amalga oshiriladi. 1-raund 2022-yil fevral oyida, 2-raund 2022-yil aprelda boʻlib oʻtadi. Grantni qoʻlga kiritmoqchi boʻlganlarga bakalavrlik dasturiga / oʻqishni koʻchirishga imkon qadar ertaroq ariza topshirish tavsiya etiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Kanadadan boshqa barcha davlat fuqarolari ushbu grantlarga nomzod boʻla oladi.
  2. Grantlar Lakehead universitetiga bakalavr bosqichiga kirgan / oʻqishini koʻchirgan eng yuqori oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ega talabalarga beriladi.
  3. Nomzod litsey, kollej yoki yuqori maktabni bitirishi bilan universitetda oʻqishga topshirayotgan boʻlishi yoki boshqa OTMdan Lakehead universitetiga oʻqishni koʻchiraytogan boʻlishi kerak.
  4. Nomzod bakalavr kurslariga hujjatlarini yuqori maktab, kojjel yoki litseyning soʻnggi kursida oʻqiyotgan paytida ham topshirishi mumkin.
  5. Bakalavriatdagi oʻqishni faqat 2 yoki 3-kursga koʻchirish mumkin.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim va kamida IELTS 6.5 (hech bir boʻlimi 6.0 dan past boʻlmasligi kerak) yoki shunga teng til sertifikatini topshirishi kerak. Til talablari bilan BU YERDA batafsil tanishing.
  7. Bakalavriatning 1-kursiga ariza topshirayotgan Oʻzbekistonlik nomzodlar attestat yoki litsey/kollej diplomini topshirishi kerak. Hozirda oxirgi sinf/kursda oʻqiyotgan oʻquvchilar bu hujjatni olganidan keyin topshiradi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlarga alohida ariza topshirilmaydi. Lakehead universiteti bakalavr kursiga / oʻqishni koʻchirish uchun hujjat topshirgan va qabul komissiyasi tomonidan oʻqishga loyiq topilgan barcha talabalar avtomatik tarzda nomzod sifatida koʻrib chiqiladi.

Oʻqishga ariza topshirish muhlatlari oʻqishni boshlash semestri va tanlangan yoʻnalishga qarab farq qiladi. Xalqaro talabalar uchun belgilangan eng oxirgi muhlat – 2022-yil 1-mart. Qabul muddatlari bilan shu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Bakalavriat kursiga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avvalo, qanday qilib hujjat topshirish haqida batafsil shu yerda tanishib chiqing.
  2. Kerakli kursni shu yerdan tanlang.
  3. Asosiy kirish talablari bilan: shu yerda tanishing.
  4. Ingliz tili talablari: shu yerda.
  5. Shu yerdagi ma’lumotlardan foydalanib ariza bering.

Oʻqishni koʻchirish boʻyicha maʼlumotlarni BU YERDAN topasiz.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon va bakalavriatga hujjat topshirish / oʻqishni koʻchirishga oid maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan shu yerda koʻrsatilgan kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!