×

Lancaster University: Barcha bosqichlar uchun 25 ta qisman grant!


Grant

MUHLAT

24.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1521 marta

Angliyaning Lankashayr shahrida Lancaster University joylashgan. Universitet 2019-2020-oʻquv yilining sentyabr oyidan boshlanadigan bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlari uchun The Peel Trust Studentship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant barcha bosqich kurslari talabalari uchun bir yil (uch semestr)ga beriladi. Grant oʻqish pulini qisman qoplaydi. Dasturga hujjat topshirayotgan nomzod universitetda kunduzgi yoki sirtqi shaklda oʻqishi kerak. Grant 25 nafargacha talabaga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba uchun Lancaster University kurslarida oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 14 630-18 000 funt-sterlingni tashkil etadi.

Grant yutib olgan nomzodga 2 500 funt-sterling pul beriladi. Grant oʻqish pulini qisman toʻlashga moʻljallangan. Shuning uchun kontraktning qolgan qismini nomzodning oʻzi qoplashi kerak. Nomzodning turar joy, ovqatlanish, tibbiy sugʻurta va boshqa sarflarini ham talaba toʻlaydi.

Grant bir yil muddatga beriladi. Ammo oʻqish tugaguncha har yili qayta ariza berish mumkin.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha davlatlar vakillari ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod 21 yoshdan katta boʻlishi kerak.
  3. Yuqori akademik bahoga ega boʻlishi lozim.
  4. Ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
  5. Bakalavr va/yoki magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 24-martgacha qabul qilinadi. Dastlab universitetga oʻqishga kirish uchun onlayn tarzda ariza berish kerak. Keyin esa grantga alohida ariza topshiriladi.

Oʻqishga kirish uchun ariza topshirish:

  1. My Applications onlayn-tizimiga kirasiz.
  2. Create an accountni bosib roʻyxatdan oʻtasiz.
  3. Roʻyxatdan oʻtib boʻlib, akkauntingizga kirasiz va “Create a new application”ni bosib, ariza toʻldirasiz.
  4. Arizaga qoʻshimcha soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnatasiz.

Grantga ariza berish. The Peel Trust Studentship Application Formni yuklab olib, toʻldirib, studentfunding@lancaster.ac.uk manziliga joʻnatiladi.

Oʻqishga qabul va grant uchun taxminiy hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. Attestat/bakalavr/magistr diplomi, diplom ilovasi nusxalari.
  3. Pasport nusxasi.
  4. Ingliz tili sertifikati. Ingliz tili sertifikati tanlangan kurs va bosqichga qarab farq qiladi. Talab qilinadigan darajani tanlagan kurs sahifasidan aniqlash kerak. Odatda IELTS 6.5-7.0 yoki undan yuqori daraja soʻraladi.
  5. Bunda shaxsiy maʼlumotlar, manzil, kontakt uchun telefon, elektron pochta va hokazolar koʻrsatiladi.
  6. Tadqiqot loyihasi/rejasi (magistratura va doktoranturaga oʻqishga hujjat topshirayotgan nomzodlardan soʻraladi).
  7. Koʻpincha topshirilayotgan kurs boʻyicha motivatsiya, oʻqishga ishtiyoq kabilarni aniqlash uchun esse yozib berish kerak boʻladi. Bu haqidagi maʼlumotni tanlangan kurs sahifasidan aniqlash kerak.

*Barcha hujjatlar ingliz tilida topshiriladi. Rasmiy hujjatlar esa inglizchaga tarjima qilingan holda notarial tasdiqlatib joʻnatiladi. Topshiriladigan hujjatlar tarkibi tanlangan kurs va bosqichga qarab farq qiladi. Shuning uchun avval kurs sehifasida berilgan maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Nomzodlarni saralash ularning aʼlo baholari va akademik yutuqlari, tajribasi, ilmiy salohiyati, moliyaviy yordamga muhtojligiga koʻra amalga oshiriladi.

Nomzodlar 2019-yil avgustda oyida eʼlon qilinadi.

Murojaat uchun: studentfunding@lancaster.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!