×

Lane Kirkland Scholarship Program: Polshada 2 semestr oʻqish va tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

01.03.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Polsha

O'QILGAN

2558 marta

Polshadagi Oʻzgarishlar yetakchilari jamgʻarmasi 2022-2023-oʻquv yili uchun moʻljallangan Lane Kirkland Scholarship Program dasturiga arizalar qabuli boshlanganini eʼlon qildi.

Dstur Polshadagi 5 ta ilmiy markazdan (Warsaw, Cracow, Wrocław, Poznań, Lublin) birida 2 semestr oʻqish va davlatga qarashli, xususiy hamda nohukumat tashkilotlarda kamida 2 hafta amaliyot oʻtash imkonini beradi. Shuningdek, dastur keng qamrovli malaka oshirish va seminarlarni ham taklif qiladi. Bundan tashqari, ishtirokchilar shaxsiy rivojlanish va polyak tili kurslarida ham qatnashadi.

Dastur oʻz davlati yoki mintaqasida demokratiya, iqtisod va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qiziquvchi, universitet darajasiga (bakalavr yoki magistr) ega yosh yetakchilar va ekspertlarga qaratilgan.

Bu yilgi dasturga Oʻzbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus Respublikasi, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va Ukrainadan jami 45 nafar atrofida ishtirokchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Dastur 2022-yil sentabr oyida boshlanadi hamda ingliz va polyak tillarida olib boriladi.

Dastur quyidagi kasb guruhlari vakili hisoblangan nomzodlarga eʼtibor qaratadi:

  • davlat xizmatchilari, markaziy va mahalliy hukumat organlari xodimlari
  • huquqshunoslar
  • tadbirkorlar
  • kompaniya, NNTlar, madaniyat, taʼlim, atrof-muhit himoyasi, sogʻliqni saqlash sohasidagi menejerlar (boshqaruvchilar)
  • nodavlat-notijorat tashkilotlar yetakchilari, madaniyat va fuqarolik faoliyati faollari
  • akademik oʻqituvchilar
  • jurnalistlar

Nomzodlar dastur davomida quyidagi sohalar boʻyicha oʻqishi va tadqiqot olib borishi mumkin:

  • Economics and Management
  • Administration / Management (i.e. business, NGOs, culture, education and healthcare)
  • Public Administration (Central and Local Government Administration)
  • Law
  • Social Sciences (Social Psychology, Sociology)
  • Political Science and International Relations
  • Environmental and climate protection
  • Security and cybersecurity
  • Crisis management
  • Development Policy and Humanitarian Aid

Grant kimlar uchun?

Kamida bakalavrrlik darajasi va 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Universitet darslarida bepul qatnashish va ilmiy rahbar yordamidan bepul foydalanish.
  • Butun dastur uchun 18 000 PLN (taxminan 4430 AQSH dollari) stipendiya; bu stipendiya 9 oy davomida 9 ga boʻlib toʻlanadi.
  • Dastur davomida bepul turar joy.
  • Tibbiy, favqulodda holatlar va fuqarolik javobgarligi sugʻurtasi taʼminlanadi.
  • Polshaga borish va qaytish uchun aviachipta.
  • Polshada jamoat transportidan foydalanish uchun chipta.
  • Viza xarajatlari qoplanadi.
  • Tadqiqot materiallari taʼminlanadi.
  • Tanishtiruv kursi (dastur boshida 8-10 kun) hamda stipendiatlar konvensiyalari ishtirok etish imkoniyati.
  • Bepul polyak tili kursi.

Talablar:

Oʻzbekiston, Qozogʻizton, Tojikiston va Qirgʻizistondan boʻlgan nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod yuqorida tilga olingan davlatlardan birining fuqarosi va doimiy rezidenti boʻlishi kerak (Polshada rezidentlik kartasiga ega shaxslar, ariza topshirish vaqtida Polshada ishlayotgan yoki yashayotganlar dsaturda qatnasha olmaydi).
  • Kamida bakalavrlik (4 yillik bakalavriat) darajasiga ega boʻlish kerak.
  • 40 yoshgacha boʻlgan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlish lozim.
  • Nomzod bundan oldin 6 oydan koʻproq muddatda xorijda boʻlishni taqazo etgan grant dasturida qatnashgan boʻlsa, ushbu dasturni tamomlaganidan keyin kamida 2 yil oʻtgan boʻlishi kerak.
  • Polyak tilida oʻqishni rejalashtirayotganlar suhbat bosqichida polyak tilini kamida B1 darajada, oʻqish boshlanishida esa kamida B2 darajada bilishi lozim. Ingliz tilida oʻqishni rejalashtirayotganlar suhbat bosqichida ingliz tilini kamida B2 darajada va polyak tilini kamida Aʼ (boshlangʻich) darajada bilishi kerak. Boshqa barcha talablarga toʻliq javob berib, faqat polyak tilini yetarli darajada bilmaydigan nomzodlarga polyak tilini oʻrganish (materiallar taqdim etiladi) va 2022-yil iyun oyi oʻrtalarida polyak tili imtihonini topshirish imkoni beriladi. Imtihonda yetarli natijani qayd etganlar ushbu dasturda qatnashish imkoniga ega boʻladi.

Quyidagi nomzodlarga ustunlik beriladi:

  • oʻzining kasbiy va ijtimoiy sohasida faol ishlayotganlar
  • koʻzga koʻrinarli yutuqlarga erishgan nomzodlar
  • hoʻzirga qadar Polshada oʻqimagan nomzodlar
  • polyak tilida oʻqishni tanlaydigan nomzodlar

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2022-yil 1-martgacha qabul qilinadi. Arizalar BU YERDA onlayn tarzda toʻldiriladi va topshiriladi.

Kerakli hujjatlar:

1. Onlayn ariza. Ariza quyidagilardan iborat:

  • shaxsiy soʻrovnoma
  • nomzod nega ushbu dasturda qatnashishni xohlashi sabablari; dastur natijasi sifatida tayyorlanadigan tadqiqot ishining rejasi, shuningdek, Polshada olingan bilimlardan qanday foydalanish haqidagi rejalarni oʻz ichiga olgan loyiha matni (boʻshliqlar bilan hisoblaganda 4000-6000 belgidan iborat boʻlishi kerak)

Ariza toʻldirib, topshirilgan (Submit), tizim ariza tasdigʻini chiqarib beradi. Tasdiq printerdan chiqarilishi, imzolanishi va unga rasm ham yopishtirilib, skanerlanishi kerak. Keyin u 2 ta tavsiyanoma va universitet diplomi bilan birga kirkland@kirkland.edu.pl elektron pochtasiga yuborilishi kerak (2022-yil 1-martgacha yuborilish lozim).

2. Ikkita tavsiyanoma. Tavsiyanomalar polyak, ingliz yoki rus tilida yozilgan boʻlishi kerak. Ular nomzodning oila aʼzolari, turmush oʻrtogʻi yoki jufti tomonidan yozilishi mumkin emas. Tavsiyanomalar email orqali topshiriladi. Tavsiyonam shaklini BU YERDAN yuklab olish kerak (Reference letter).

3. Universitet diplomi nusxasi – email orqali yuboriladi.

Ariza topshirish bosqichidan muaffaqiyatli oʻtganlarga 2022-yil 25-martgacha email orqali xabar qilinadi hamda ular bilan 2022-yilning 28-marti va 29-aprel oraligʻida suhbat qilinadi. Suhbat onlayn tarzda yoki Polsha elchixonasida boʻlib oʻtadi.

Suhbatdan ham muvaffaiyatli oʻtgan, lekin polyak tilini A1 darajada (ingliz tilida oʻqimoqchi boʻlganlar) yoki B1 darajada (polyak tilida oʻqimoqchi boʻlganlar) bilmaydigan nomzodlarga polyak tilini oʻrganishi uchun materiallar taqdim etiladi. Va ular 2022-yil iyun oyida polyak tilidan imtihon topshiradi. Suhbat davomida polyak tilini talab darajasida biladiganlar va polyak tili imtihonidan muvaffaiyatli oʻtganlar dasturga qabul qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur qoʻllanmasi va koʻp beriladigan savollarni (FAQ) toʻliq oʻqib chiqing.

Savollar yuzasidan kirkland@kirkland.edu.pl elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!