×

Polsha: barcha xarajarlari qoplanadigan o’qish va amaliyot dasturi; joy – 45 ta!


Grant

MUHLAT

01.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Polsha

O'QILGAN

7648 marta

Polsha oliygohlarida mahsus tayyorlov dasturida ishtirok etish imkonini beruvchi Lane Kirkland Scholarship Program dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur davlat va jamiyatda demokratiya, iqtisodiyot va va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida faol ishtirok etis niyatidagi mutaxassislar uchun mo’ljallangan. Dastur qatnashchilari Warszawa, Kraków, Wrocław, Poznań va Lublin kabi polyak universitetlarida ikki semestr o’qish va Polshadagi tashkilotlarda ikki hafta amaliyot o’tash orqali bilim va tajribalarini oshirish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Dasturda quyidagi soha vakillari ishtirok etishlari mumkin:

  1. Iqtisodiyot va Menejment
  2. Biznesni boshqarish
  3. Davlat boshqaruvi
  4. Huquqshunoslik
  5. Ijtimoiy fanlar
  6. Siyosiy fanlar va Xalqaro aloqalar
  7. Jurnalistika
  8. Rivojlanish siyosati (development policy) va Insonparvarlik ko’magi (humanitarian aid).

Dasturga 45 nafar qatnashchi saralab olinadi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura diplomiga ega mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Lane Kirkland grant dasturi to’liq grant bo’lib, grant berilgan qatnashchi quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladi:

  1. Qatnashchiga 9 oy davomida 1800 PLN (taxminan 480 AQSh dollari) oylik stipendiya beriladi.
  2. Polshada 9 oy davomida yashash uchun turar-joy tashkil qilib beriladi.
  3. Qatnashchi turli xildagi sug’urta xizmatlariga sarflashi kerak xarajatlar qoplab beriladi.
  4. Nomzodga Polshaga borish va vatanga qaytish uchun aviachipta olib beriladi.
  5. Qatnashchining mahalliy transport xarajatlari qoplab beriladi.
  6. Qatnashchining viza xarajatlari qoplab beriladi.
  7. Qatnashchi tadqiqot materiallari bilan ta’minlanadi.
  8. Qatnashchiga ikki semestrlik o’qish, ikki haftalik stajirovka va polyak tili kursi tekin taklif etiladi.

Talablar:

Dasturga quyidagi talablarga eng mos nomzodlar qabul qilinadi:

  1. Nomzod magistrlik darajasiga ega bo’lishi lozim.
  2. Nomzod o’z sohasida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo’lishi kerak.
  3. Nomzod oxirgi marta olgan 6 oydan uzoq davom etgan grant tamom bo’lganiga kamida 2 yil bo’lgan bo’lishi kerak.
  4. Nomzod ingliz va polyak tillarini bilishi kerak. ingliz tilida o’qishni xohlovchilar ingliz tilini kamida B2 va polyak tilini kamida A1 darajasida; polyak tilida o’qishni xohlovchilar polyak tilini kamida B1 darajasida bilishlari kerak. suhbat vaqtida tilga qo’yilgan shu talablarga javob brgan nomzodlarga keyinchalik polyak tilini yaxshiroq o’rganish uchun kurslar ham tashkil qilib beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar elektron pochta orqali onlayn qabul qilinadi.

Hujjat topshirish uchun quyidagi hujjatlarni 2019-yil 1-martgacha kirkland@kirkland.edu.pl elektron manziliga yuboring:

  1. Ariza.
  2. Ikkita tavsiyanoma. Tavsiyanomalar ingliz, rus yoki polyak tilida bo’lishi mumkin.
  3. Magistratura diplomi.

Yuqorida havola berilgan arizani to’ldirishda nomzod dastur uchun loyiha taklifi (project proposal) ham taqdim etishi kerak bo’ladi.

Saralash jarayoni 3 bosqichdan iborat. Ilk bosqichlarda nomzodlar barcha talablarga mos ekaliklari hamda dastur uchun rejalariga binoan saralanadilar. So’nggi bosqichda suhbat o’tkaziladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!