Latviyada tadqiqot olib borish istagidagi tadqiqotchilar uchun Latvian State Scholarship dasturi doirasida Latvian Fellowships for Research grant dasturiga arizalar 1-fevraldan boshlab qabul qilinadi. Dasturga Latviya bilan grant masalasida hamkorlik shartnomasiga ega davlatlar fuqarolari ishtirok eta oladi, O’zbekiston ham bunday shartnomaga ega.
Latvian Fellowships for Research dasturiga faqat oliy ta’lim muassasalarining akademik va ilmiy xodimlari hujjat topshirishlari mumkin (o’qituvchilar, tadqiqotchilar va boshqalar). Qabul qilingan tadqiqotchilar Latviyadagi tadqiqot muassasasida 5 oygacha tadqiqot olib borish imkoniyatini qo’lga kiritadilar. Bunda istalgan soha va mavzuda tadqiqot qilish mumkin. Saralash jarayonida Latviya tili, madaniyati yoki tarixi yo’nalishlarida tadqiqot olib borish niyatidagi nomzodlarga qo’shimcha ball beriladi.
Grant kimlar uchun?
Tadqiqotchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan tadqiqotchi Latviya oliy ta’lim muassasasida 5 oygacha tadqiqot olib borishi uchun kunlik 30 yevro (oyiga taxminan 900 yevro) stipendiya va turar joy uchun qo’shimcha oyiga 300 yevro mablag’ga ega bo’ladi. Yo’l xarajatlari, sug’urta va turar joy topish tadqiqotchining zimmasida bo’ladi.
Talablar:
- Nomzod kamida bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.
- Nomzod o’z yurtida oliy ta’lim muassasasi yoki tadqiqot muassasasida akademik yoki ilmiy lavozimda ishlayotgan bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz yoki Latviya tilini yaxshi bilishi kerak. Bu tadqiqot qilinadigan universitet va mavzudan kelib chiqib belgilanadi.
- Nomzod tadqiqot rejasiga va tajribasiga ega bo’lishi lozim.
- Grantni boshqa grantlar bilan birga olish mumkin emas.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga arizalar 2021-yil 1-fevral kunidan boshlab 1-aprelgacha qabul qilinadi. Arizalarni 1-fevraldan boshlab bu yerda topshirishingiz mumkin. 1-fevraldan avval ariza topshirish mumkin emas. Dasturga hujjat topshirishdan oldin Latviyada universitet tanlab, tadqiqot uchun kelishuvga erishish kerak.
Ariza topshirish uchun kerakli hujjatlar:
- Latviyadagi universitetdan tadqiqotga rozilik haqida ma’lumotnoma
- EuroPass formatidagi CV
- Tadqiqot rejasi
- Nomzod olgan eng yuqori ilmiy daraja diplomi va baholari (bakalavr, magistratura yoki PhD diplomi)
- Oxirgi uch oy ichida imzolangan tavsiyanoma
- Pasport nusxasi.
Murojaat uchun: scholarships@viaa.gov.lv, +371 67814331.