×

Latvian State Scholarship: Latviyada bakalavr va magistratura uchun 500 yevro oylik stipendiya


Grant

MUHLAT

01.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Latviya

O'QILGAN

3882 marta

Latviyada joylashgan oliy ta’lim muassasalarida o’qish uchun nufuzli grant – Latvian State Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu grant dasturi Latviya hukumati bilan ikki tomonlama shartnoma tuzgan davlatlar fuqarolariga Latviyada o’qish, tadqiqot olib borish va yozgi maktablarda qatnashish uchun moliyaviy ko’mak ajratadi. O’zbekistonlik talabalar ham grant dasturiga hujjat topshirishlari mumkin. Bakalavr kurslariga hujjat topshirish uchun talaba o’z yurtidagi yoki boshqa hududdagi oliy ta’lim muassasasida bakalavr kursining birinchi yilini tamomlagan bo’lishi kerak. 

Latviyadagi oliy ta’lim muassasalarida o’qitish tili asosan Latviya tilida olib boriladi. Ingliz tilida o’qitiladigan kurslar ro’yxati bilan bu yerda tanishingiz mumkin. 

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bakalavr va magistratura kurslari uchun grant yutib olgan talabalarga oyiga 500 yevro stipendiya beriladi. Bu mablag’ni talaba kontrakt to’lovi yoki boshqa ehtiyojlari uchun sarflashi mumkin. Grant taqdim etadigan mablag’ Latviyada yashash xarajatlarini qoplash uchun yetarli emas. Shuning uchun tanlangan universitetdagi kontrakt miqdori va yashash xarajatlarini o’rganib chiqish lozim. Undan tashqari, sug’urta xarajatlariga ham talabaning o’zi mas’ul bo’ladi.

Grantlar bakalavr kurslari uchun ham, magistratura kurslari uchun ham bir yilga (10 oy) beriladi. Grant yutib olgan talaba kelasi yili grantga qaytadan hujjat topshirishi kerak bo’ladi.  Latviya filologiyasi, madaniyati, tarixi va tili yo’nalishlaridagi magistratura kurslari uchun grant ikki yilga (magistratura kursi nihoyasiga yetgunicha) beriladi. 

Talablar:

  • Nomzod bakalavr kursiga hujjat topshirish uchun o’z yurtida bakalavr kursining kamida 1 yilini tamomlagan bo’lishi kerak. 
  • Magistratura kurslarida o’qish uchun hujjat topshirgan nomzodlar bakalavr kursini tamomlagan bo’lishi kerak.
  • Nomzod o’zi tanlagan kurs va universitet qabul talablariga mos bo’lishi kerak.
  • Nomzod tanlangan kurs o’qitish tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Grantni boshqa grantlar bilan bir vaqtda olish mumkin emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2021-yil 1-fevraldan boshlab 1-aprelgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun bu yerda ro’yxatdan o’tish talab etiladi. Ro’yxatdan o’tgach, shaxsiy profilingizni to’ldirib, kerakli hujjatlarni ilova qilasiz. Kerakli hujjatlar:

  • Diplom va baholar (bakalavr kursining oxirgi 2 semestri uchun)
  • Tavsiyanoma
  • O’quv rejasi
  • Til sertifikati
  • Pasport nusxasi. 

Grant natijalari 2021-yil iyun oyida e’lon qilinadi.

Murojaat uchun scholarships@viaa.gov.lv orqali Marika Pīra bilan bog’laning.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!