×

Latviya: barcha bosqichlar uchun 670 yevrogacha oylik stipendiyalar


Grant

MUHLAT

01.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Latviya

O'QILGAN

6031 marta

Chet ellik talabalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Latviya Davlat Grantlari dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Latviya oliy ta’lim muassalaridagi bakalavr, magistratura va doktorantura kurslariga o’qishga qabul qilingan chet ellik talabalarga oylik stipendiya ko’rinishida taqdim etiladi. Latviyada mavjud oliy ta’lim muassalari, ularga qabul jarayoni va boshqa ma’lumotlar bilan batafsil bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr, magistratura va doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Latvia Davlat Grantini yutib olgan talabalarga quyidagicha moddiy ta’minot yetkaziladi:

  1. Bakalavr va magistratura kurslari talabalariga – oyiga 500 yevro
  2. PhD (doktorantura) talabalariga – oyiga 670 yevro.

Grantlar talabalarga 1 akademik yil (10 oy) davomida beriladi. Keyingi yil ham grant olish maqsadidagi talabalar grantga qayta hujjat topshirishlari kerak bo’ladi, lekin bir shaxsga ketma-ket 2 yildan ko’p grant berilmaydi. Latviya tarihi, adabiyoti, tili, madaniyatiga oid magistratura kurs talabalariga grant avtomatik tarzda 2 yil uchun belgilanishi mumkin.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Latviya bilan ta’lim bo’yicha hamkorlik aloqalariga ega davlat fuqarolariga beriladi. Bu davlatlar ichida O’zbekiston ham bor.
  2. Nomzod Latviya oliy ta’lim muassasasiga o’qishga kirgan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod ingliz yoki Latviya tilini yaxshi bilishi kerak. Latviya universitetlarida ta’lim tili asosan Latviya tili hisoblanadi, ingliz tilidagi kurslar nisbatan kam.
  4. Grant berilgach, talaba o’qish vaqtida har oy kamida 15 kunni Latviyada o’tkazishi kerak bo’ladi, aks holda stipendiya berilmaydi.
  5. Bakalavr kursida o’qish istagidagi nomzodlar o’z vatanlari yoki Latviyada 1 yil o’qigan bo’lishlari kerak. Ya’ni – Latviya Davlat Grantini yutish uchun bakalavr bosqichida 1-kursni tamomlash zarur.
  6. Grant yutish uchun avvaliga Latviya OTM’siga o’qishga hujjat topshirish kerak. Buning uchun bu yer orqali qabul haqida batafsil ma’lumot oling.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga arizalar 2019-yil 1-aprelga qadar qabull qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. CV.
  2. Motivatsion xat.
  3. Diplom va baholar (ilova) nusxalari. Agar talaba hali o’qishni tamomlamagan bo’lsa so’nggi ikki semestrda olingan baholar jo’natiladi.
  4. Nomzod tanlagan Latvia OTM’si vakilidan tasdiqlov xati. Bu xatda nomzod shu universitetda o’qish imkoniyatiga ega ekani va u tanlagan kurs qaysi tilda o’qitilishi haqida ma’lumot bo’lishi kerak. Tasdiqlov xatini olish uchun nomzod OTM vakiliga o’zining baholari va CV’sini jo’natishi kerak. OTM vakillari ro’yxati bu yerda.
  5. Grant yutilgach qilinishi rejalashtirilgan mashg’ulotlar haqida yozilgan o’quv rejasi (study plan). O’quv rejasi uchun bu shakldan foydalaning. Study plan namunalari bu yerda va bu yerda.
  6. Til sertifikati.
  7. Passport nusxasi.

Hujjatlar ingliz yoki latviya tiliga rasman tarjima qilinishi shart. Natijalar iyun oyi boshida http://www.viaa.gov.lv/scholarships saytida e’lon qilinadi.

Saralash me’zonlari

Latviyada o’qishni xohlovchilar uchun ma’lumotlar

Nizom

Ma’lumot uchun scholarships@viaa.gov.lv elektron manziliga yoki + 371 67814331 raqamiga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!