×

Leaders for Future: Germaniyada 2 oylik amaliyot uchun toʻliq va qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

20.12.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

15301 marta

Leaders for Future – butun dunyodagi yoshlar uchun Germaniya poytaxti Berlinda oʻtaladigan 2 oylik amaliyot dasturidir. Dastur ishtirokchilarning kasbiy koʻnikmalarini kuchaytirish, xalqaro mehnat bozorini tanishtirish va netvorking (tanish orttirishga yordam berish) uchun moʻljallangan. Amaliyot davomida qatnashchilar koʻp madaniyatli muhitdagi bir qancha mashgʻulotlar orqali shaxsiy va ijtimoiy koʻnikmalarini mustahkamlaydi.

Ishtirokchilar turli kasbiy muammolarga yechim topish, natijaga asoslangan usulda jamoa boʻlib ishlashni oʻrganadi va yetakchilik sifatlarini rivojlantiradi.

Dasturning maqsadi – umumiy barqaror dunyo uchun ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirishni niyat qilgan ishtiyoqmand professionallar tarmogʻini yaratishdir.

Amaliyot ingliz yoki nemis tilida olib boriladi.

Navbatdagi amaliyot dasturi 2023-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha davom etadi. Shuningdek, amaliyotni 6 oygacha uzaytirish mumkin. Bunda 2 oylik amaliyot uchun grant olgan ishtirokchi qolgan 4 oy uchun oyiga 980 yevrodan to’lov qilishi kerak bo’ladi. Amaliyotni 6 oygacha uzaytirmoqchi bo’lgan nomzodlar arizada bu haqida bildirishi kerak.

Grant kimlar uchun?

18 yosh va undan katta barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur nomzodlarga 2 oylik amaliyot uchun 2 turdagi grant taklif etadi. Ular quyidagilar:

  1. Full scholarship – bu maʼmuriy toʻlovlar, maslahat va mentorlik toʻlovlari, sugʻurta xarajati, tadbirlar va turar joy xarajatlarini qoplaydi, shuningdek, 400 yevro choʻntak puli ham beriladi.
  2. Partial scholarship – bu maʼmuriy toʻlovlar, maslahat va mentorlik toʻlovlari, sugʻurta xarajati, tadbirlar xarajatlarini qoplaydi, shuningdek, 400 yevro choʻntak puli ham beriladi. Biroq bunda turar joy xarajatlarini toʻliq ishtirokchining oʻzi qoplashi kerak.

Shuningdek, barcha ishtirokchilar Berlinga borish va kelish xarajatlarini oʻzlari qoplaydi.

Maʼlumot uchun: Full scholarship miqdori jami 4930 yevroga teng (2022-yilgi holat) va bu mablagʻ quyidagicha taqsimlanadi:

  • Turar joy uchun 2940 yevro.
  • Tadbirlar uchun 590 yevro.
  • Maʼmuriy toʻlovlar uchun 650 yevro.
  • Sugʻurta uchun 100 yevro.
  • Maslahat va yordam uchun 250 yevro.
  • Choʻntak puli – 400 yevro.

Partial scholarship grantini qoʻlga kiritganlar uchun yuqoridagilardan turar joy xarajati qoplanmaydi.

Shuningdek, 2 oylik amaliyot dasturi haqini oʻz yoningizdan toʻlab qatnashishingiz ham mumkin. Bunda jami 4930 yevro toʻlashingiz kerak boʻladi. Oʻz yonidan toʻlab qatnashuvchilar dasturga saralash bosqichlarisiz qabul qilinadi.

Talablar:

Nomzod uchun qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Ariza topshirish vaqtida kamida 18 yosh boʻlish kerak.
  • Istalgan davlat fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Istalgan soha vakillari ariza topshira oladi.
  • Ingliz yoki nemis tilini kamida B1 darajada bilish lozim.
  • Nomzod gʻayratli, mustaqil va masʼuliyatli boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Mazkur dasturga arizalar odatda har yili 2022-yil 20-dekabrga qadar qabul qilinadi.

Grant asosida qatnashish uchun ariza topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Ariza topshirish. Ariza topshirish muddati davomida onlayn tarzda maxsus ariza shakli toʻldiriladi. Bunda ariza shaklida berilgan savollarga javob beriladi, soʻralgan maʼlumotlar kiritiladi va 1 betdan oshmagan CV (nemis yoki ingliz tilida) tayyorlab, yukalanadi. Ariza nemis yoki ingliz tilida toʻldirilishi kerak.
  2. YouTube tarmogʻida vazifa bajarish. Ariza topshirish jarayoni orqali saralab olingan nomzodlarga YouTube tarmogʻidaa muayyan vazifalar beriladi.
  3. Intervyu. Vazifalar bajarilgach, saralab olingan nomzodlar intervyuga taklif qilinadi. Intervyudan ham oʻtganlar dasturga qabul qilingan hisoblanadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dasturning rasmiy saytdagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing:

Savollar yuzasidan application@copernicusberlin.de elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!