×

Leading Asia Scholarship: Belfastdagi 4 kunlik sammitda qatnashish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

30.04.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

4739 marta

Har yili oʻtkaziladigan One Young World sammiti ijtimoiy taʼsirni tezlashtirish ustida ish olib borayotgan barcha mamlakatlar va sohalardan boʻlgan yorqin iqtidorlarni toʻplaydi.

2023-yildagi One Young World sammiti Shimoliy Irlandiya poytaxti Belfastda, 2-6-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi va unda 2000 dan ortiq yetakchi yoshlar qatnashishi rejalashtirilgan. Delegatlar (ishtirokchilar) nutqlar, muhokama forumlari, netvorking va seminarlardan iborat 4 kunlik tadbirlarda qatnashadi.

Ushbu sammitda grant asosida qatashish imkonini beruvchi Leading Asia grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Leading Asia dasturi Osiyolik iqtidorli yoshlarning Belfastdagi One Young World sammitida qatnashishini taʼminlashga moʻljallangan tashabbusdir.

Osiyo qitʼasidagi har bir davlat bir qancha oʻzaro bogʻliq muammolarga duch kelmoqda. AQSH va Xitoy oʻrtasidagi savdo urushi butun mintaqa tuzilishiga taʼsir oʻtkazishi mumkin. 4-sanoat inqilobi oʻnlab yillar davomida iqtisodiy barqarorlikka erishgan tarmoqlarni keskin oʻzgartirib yuborishi taxmin qilinmoqda. Janubi-Sharqiy Osiyo hududida senzuraning keskin oʻsishi kuzatilyapti. Etnik ozchilikni tashkil qiluvchi guruhlarga boʻlgan munosabatni yaxshilash kechiktirib boʻlmas vazifa boʻlib turibdi. Shuningdek, qitʼa plastik ifloslanishi uchun asosiy javobgar hisoblanadi.

Ushbu muammolar girdobida yosh yetakchilar mintaqani barqarorlashtirish uchun mazmunli strategiyalar ishlab chiqmoqda, Siz shunday yetakchilardan biri boʻlsangiz, navbatdagi One Young World sammiti sizni kutmoqda.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qoʻlga kiritgan nomzodlar quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:

  • 2023-yil 2-5-oktabr kunlari Belfastda boʻlib oʻtadigan One Young World sammatida qatnashish imkoniyati.
  • 2023-yil 1-5-oktabr kunlari mehmonxonadan bepul shaxsiy xona taʼminlanadi.
  • Belfastga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi (ekonom klass aviachipta).
  • Bepul nonushta, tushlik va kechki ovqat bilan taʼminlandi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • 18-30 yosh orasida boʻlish kerak.
  • Ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga boʻlgan tasdiqlangan intilishga ega boʻlish kerak.
  • Yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlish kerak.
  • Oʻz ishida asosiy mahalliy va/yoki global muammolarni hal qilish bilan ham shugʻullanayotgan boʻlishi kerak.
  • Samarali va innovatsion gʻoyalar ishlab chiqish / yaratish tajribasiga ega boʻlish kerak.
  • Belgilangan davlatlardan birining fuqarosi boʻlish kerak. Bu davlatlar ichida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirgʻiziston ham bor.

Shuningdek, nomzodlar ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak (sammit ingliz tilida bo’ladi).

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun ham arizalar 2023-yil 30-aprelgacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Ariza shaklida nomzodlar kerakli maʼlumotlarni kiritishi va bir nechta savollarga 200 soʻzdan oshmagan javoblar yozishi kerak.

Arizani BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!