Har yili oʻtkaziladigan One Young World sammiti ijtimoiy taʼsirni tezlashtirish ustida ish olib borayotgan barcha mamlakatlar va sohalardan boʻlgan yorqin iqtidorlarni toʻplaydi.
2022-yildagi One Young World sammiti Yaponiya poytaxti Tokioda, 16-19-may kunlari boʻlib oʻtadi va unda 2000 dan ortiq yetakchi yoshlar qatnashishi rejalashtirilgan. Delegatlar (ishtirokchilar) nutqlar, muhokama forumlari, netvorking va seminarlardan iborat 4 kunlik tadbirlarda qatnashadi.
Ushbu sammitda grant asosida qatashish imkonini beruvchi Leading Asia grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Leading Asia dasturi Osiyolik iqtidorli yoshlarning Tokiodagi One Young World sammitida qatnashishini taʼminlashga moʻljallangan tashabbusdir.
Osiyo qitʼasidagi har bir davlat bir qancha oʻzaro bogʻliq muammolarga duch kelmoqda. AQSH va Xitoy oʻrtasidagi savdo urushi butun mintaqa tuzilishiga taʼsir oʻtkazishi mumkin. 4-sanoat inqilobi oʻnlab yillar davomida iqtisodiy barqarorlikka erishgan tarmoqlarni keskin oʻzgartirib yuborishi taxmin qilinmoqda. Janubi-Sharqiy Osiyo hududida senzuraning keskin oʻsishi kuzatilyapti. Etnik ozchilikni tashkil qiluvchi guruhlarga boʻlgan munosabatni yaxshilash kechiktirib boʻlmas vazifa boʻlib turibdi. Shuningdek, qitʼa plastik ifloslanishi uchun asosiy javobgar hisoblanadi.
Ushbu muammolar girdobida yosh yetakchilar mintaqani barqarorlashtirish uchun mazmunli strategiyalar ishlab chiqmoqda, Siz shunday yetakchilardan biri boʻlsangiz, navbatdagi One Young World sammiti sizni kutmoqda.
Grant kimlar uchun?
18-30 yoshlilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Leading Asia grantiga munosib deb topilgan nomzodlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:
- 2022-yil, 16-19-may kunlari Tokioda boʻlib oʻtadigan One Young World sammtida ishtirok etish imkoniyati.
- 2022-yil 15-19-may kunlari Tokioda mehmonxona bilan taʼminlanadi.
- Tokioga borish va kelish uchun aviachipta beriladi.
- Konferensiya kunlarida nonushta, tushlik va kechki ovqat taʼminlanadi.
- Sammit turar joyi va Sammit oʻtkaziladigan joy oʻrtasidagi qatnov uchun transport taʼminlanadi.
- Sammitdagi tarqatma va boshqa materiallar taʼminlanadi.
Viza olish bilan bogʻliq xarajatlarni ishtirokchilarning oʻzlari qoplashi kerak.
Talablar:
Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:
- 18-30 yosh orasida boʻlish kerak.
- Ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga boʻlgan tasdiqlangan intilishga ega boʻlish kerak.
- Yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlish kerak.
- Oʻz ishida asosiy mahalliy va/yoki global muammolarni hal qilish bilan ham shugʻullanayotgan boʻlishi kerak.
- Samarali va innovatsion gʻoyalar ishlab chiqish / yaratish tajribasiga ega boʻlish kerak.
- Belgilangan davlatlardan birining fuqarosi boʻlish kerak. Bu davlatlar ichida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirgʻiziston ham bor.
Shuningdek, nomzodlar ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak (sammit ingliz tilida bo’ladi).
Dasturga qabul jarayoni:
Leading Asia grantiga arizalar 2021-yil 1-dekabrga qadar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Ariza shaklida nomzodlar kerakli maʼlumotlarni kiritishi va bir nechta savollarga 200 soʻzdan oshmagan javoblar yozishi kerak.
2022-yil yanvar oxirigacha eng kuchli nomzodlarning qisqa roʻyxati shakllantiriladi. Qisqa roʻyxatga kiritilganlar bilan One Young World jamoasi aʼzosi bogʻlanadi.
Yodda tuting:
- Nomzodlarning qisqa roʻyxatga kiritishili yoki ularga moliyaviy yordam ajratilishiga oldindan kafolat berilmaydi.
- One Young World sammitlarida vakillari kamroq qatnashgan davlatdan boʻlgan nomzodlarga ustunlik beriladi.
- Shuningdek, One Young World sammitida birinchi marta qatnashayotgan ishtirokchilarga ham ustunlik beriladi.
- Arizalar soni nihoyatda koʻpligi sababli One Young World Leading Asia dasturining saralash natijalari haqidagi alohida emaillarga javob bera olmaydi, faqat qisqa roʻyxatga kiritilganlarga xababr qilinadi.
- Nomzodlarning nega tanlanmaganiga izoh berilmaydi.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy maʼlumot bilan batafsil tanishib chiqing.