×

Leiden University Excellence Scholarship: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

01.10.2024

QOLGAN VAQT

158 kun

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

10261 marta

Niderlandiyada joshlashgan Leiden University magistraturada oʻqish uchun Leiden University Excellence Scholarship (LExS) grantini taklif qiladi. Bu grantlar Yevropa Ittifoqi yoki Yevropa erkin iqtisodiy zonasiga kirmaydigan davlatlardan boʻlgan nomzodlarga taqdim etiladi.

Bu grant universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi. Faqat quyidagi dasuralar uchun ushbu grant ajratilmaydi:

  • Leiden Huquq maktabidagi “Non-advanced LLM” dasturi va MSc dasturlari;
  • Quyidagi fakultetlarga qarashli magistrlik dasturlarida oʻqishni fevralda boshlash uchun: the Faculty of Humanities, the Faculty of Sciences va Leiden Law School. Mavjud barcha fakultetlar bilan BU YERDA tanishing.

Leiden Universitetidagi barcha magistratura kurslari haqida batafsil ma’lumot shu yerda.

Maʼlumot uchun: Leiden universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. 2024-yil aprel oyi holatiga koʻra, mazkur universitet dunyodagi eng kuchli oliygohlar roʻyxatida 77-oʻrinni egallab turibdi (THE reytinggi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

LExS grantini yutgan talabaga uning oʻqishi tugagunga qadar kontrakt summasidan quyidagicha chegirma qilinishi mumkin:

  1. Kontrakt summasidan 10 000 yevro chegirma.
  2. Kontrakt summasidan 15 000 yevro chegirma.
  3. Kontrakt summasidan statut kontrak summasi miqdori chegirma qilinadi. Statut kontrakt – bu Yevropa Ittifoqi yoki Yevropa erkin iqtisodiy zonasiga kiradigan davlatlar fuqarolari toʻlaydigan kontrakt summasi boʻlib, 2023-yil mart oyi holatiga koʻra, uning miqdori yiliga 2314 yevroni tashkil qiladi.

Leiden Universiteti kontraktlar summalari bilan batafsil tanishish bu yerga kiring.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod Yevropa Ittifoqi yoki Yevropa erkin iqtisodiy zonasiga kirmaydigan davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak.
  • Nomzodning bakalavriatda oʻqigan sohasi oʻzi topshirayotgan magistrlik sohasiga aloqador boʻlishi kerak.
  • Grant aʼlochi nomzodlarga taqdim qilinadi.
  • Nomzod Leiden Universiteti magistratura kurslarida ilgari oʻqimagan boʻlishi kerak.
  • Nomzod Leiden Universitetidan toʻliq yoki qisman, shuningdek, boshqa manbalardan boshqa toʻliq grant olmayotgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod Leiden universitetidagi tegishli magistrlik kurslaridan biriga qabul qilinishi kerak.
  • Nomzod tanlagan magistrlik dasturidagi til talablariga mos boʻlishi kerak. Talab yoʻnalishlarga qarab farq qiladi (IELTS 6.5 balldan IELTS 7.5 ballgacha talab etilishi mumkin).

Magistrlik kurslariga qoʻyilgan talablari bilan BU YERDA kerakli kursni tanlash orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga arizalar yiliga 2 marta qabul qilinadi:

  1. Sentyabr oyida ushbu grant asosida oʻqishni boshlash uchun arizalar oʻqish boshlanadigan yilning 1-fevraligacha topshirilishi kerak.
  2. Favral oyida ushbu grant asosida oʻqishni boshlash uchun arizalar oʻqish boshlanadigan yildan bir yil oldingi yilda 1-oktyabrgacha topshirilishi kerak.

Hozirda 2025-yil fevral oyida oʻqishni boshlash uchun ariza topshirish mumkin. Bu sanada oʻqish uchun grantni qoʻlga kiritmoqchi boʻlganlar 2024-yil 1-oktabrgacha magistrlik kursi hamda grantga ariza topshirishi lozim.

Hujjat topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Onlayn tarzda ariza toʻldirilib, ariza toʻlovi (agar bor boʻlsa) toʻlanadi. Eslatma: har bir magistratura kursining oʻz talablari va hujjat topshirish koʻrsatmalari mavjud. Kurslar soni kattaligi uchun har biriga toʻxtalmadik. Sizni qiziqtirgan kursga kirib, talablari va hujjat topshirish jarayoni bilan tanishib chiqishingiz zarur.
  2. Onlayn arizaning grantlar boʻlimida LExS grant dasturiga hujjat topshirmoqchi ekanligingizni koʻrsating.
  3. LExS granti uchun motivatsion xatingizni arizada koʻrsatilganidek ilova qiling. Motivatsion xatda nega grant uchun munosib ekaningizni yoritib bering, xat 500 soʻzdan oshmasligi kerak (PDF shaklida yuklanadi).
  4. Arizani 2024-yil 1-oktabrgacha topshiring.
  5. Agar bir nechta magistratura kursi uchun bir vaqtning oʻzida ariza topshirib, har biri uchun grantga ariza bermoqchi boʻlsangiz, bu haqda arizangizda aniq qilib yozib qoʻying va nechta kursga ariza berayotgan boʻlsangiz, har biri uchun alohida motivatsion xat ilova qiling.

Natijalar arizalar qabuli yopilgandan 6 hafta oʻtib e’lon qilinadi. Fevraldagi kurs uchun hujjat topshirgan boʻlsangiz noyabr oxirida, sentabrdagi kurs uchun hujjat topshirgan boʻlsangiz, aprel oxirida natijalaringiz chiqadi. Hujjat topshirish va qabul masalalarida berilgan savollarga javoblar shu yerda.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel: +31 (0)71 527 7192

Email:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!