×

LensCulture Art Photography Awards fotosuratlar tanlovi: mukofot jamg’armasi – 15 000 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

20.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

973 marta

LensCulture Art Photography Awards fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlov o’z ijodiy g’oyalarini fotosuratlar vositasida jonlantirish istagidagi ijodkorlar uchun mo’ljallangan. Bunda ijodkor o’z tasavvuridagi sahnani yaratib, uni suratga tushirishi, bu orqali suratkashlikda yangi, ijodiy usullarni qo’llashi, ranglardan yangicha usullarda foydalanishi, bu orqali esa suratkashlikni tasvir vositasi sifatida qaytadan kashf qilishi kerak. Tanlovga istalgan mavzu va usulda tushirgan suratlar qabul qilinadi. Tanlov tashkilotchilaridan ishtirokchilarga qo’yilgan asosiy talab – o’z fantaziyalaridan foydalanib, kutilmagan sahnalarni yaratish va suratga tushirish.

Tanlovga galereyalarda devorga osish uchun mo’ljallangan suratlar, boshqa usullarda tushirilgan suratlar va raqamli tasvir yaratishning istalgan usulida yaratilgan suratlar qabul qilinadi. Suratlar g’oyani eng yuqori sifat va ijodkorlik bilan tasvirga ko’chirilishi zarur. Tanlovga qabul qilinadigan suratlar turlari:

Conceptual • Experimental • Landscape • Alternative Process • Cameraless • Narrative • Cinematic • Fashion • Abstract • Still Life • Portraiture • Environmental • Found Imagery • Analog

Grant kimlar uchun?

Suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Barcha g’oliblar AQShda o’tkaziladigan, suratkashlikka bag’ishlangan eng yirik tadbirlardan biri – Paris Photo in New York ko’rgazmasida ishtirok etadilar. Ular yaratgan suratlar ko’rgazmaga qo’yiladi, mualliflar esa sohadagi ko’plab muhim shaxslar bilan tanishish imkoniga ega bo’ladilar. Suratlar Buyuk Britaniya, Vengriya, Italiya, Yaponiya, Serbiya, Gollandiya, Avstraliya, Malayziya, Ispaniya, Fransiya, AQSh va boshqa davlatlardagi xalqaro ko’rgazmalarda namoyish qilinadi.
  • G’oliblarga umumiy miqdori 15 000 AQSh dollari bo’lgan pul mukofoti bo’lib beriladi

Talablar:

  • Tanlovdan 18 yoshdan oshgan professional va havaskor suratkashlar ishtirok etishlari mumkin.
  • Ishtirokchi tanlovga taqdim etilayotgan suratning muallifi bo’lishi va uni tanlovga jo’natish huquqiga ega bo’lishi lozim.
  • Fotosuratlardauchinchi taraflarga tegishli savdo belgilari, ular tomonidan mualliflik huquqi olingan materiallar; hozirda hayot yoki hayotdan ko’z yumgan mashhur shaxslar yoki ularga o’xshash shaxslar ko’rsatilishi mumkin emas.
  • SuratlarJPEG, PNG formatida, hajmi 10 MBdan oshmagan holda, eng uzun tomoni o’lchami 1200-2000 piksel bo’lishi kerak.
  • Fotosuratda ko’rsatilgan shaxslar suratning tanlovga jo’natilishiga rozilik berishlari kerak. Tanlovning barcha qoidalari

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 16-dekabrgacha qabul qilinadi. Arizalar bu yerda topshiriladi.

Tanlovga bitta surat yuborish bepul. 2-suratdan boshlab har bir surat uchun 10 AQSh dollari to’lov to’lanadi.

Bir-biridan alohida 5 ta surat uchun 35 AQSh dollari to’lanadi. Bir-biriga bog’liq bo’lgan, 10 tagacha fotosuratlar seriyasi bilan ishtirok etish uchun 45 AQSh dollari to’lanadi.

Savollaringiz bo’lsa, bu yerdan javob topishingiz mumkin. Murojaat uchun: support@lensculture.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!