×

LensCulture Street Photography Awards: havaskor va professional fotograflar uchun tanlov; mukofot 3500 dollargacha


Grant

MUHLAT

25.08.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1284 marta

Anʼanaviy Lens Culture doirasida LensCulture Street Photography Awards tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovga “Show Us Your Streets” mavzusiga bagʻishlangan fotosuratlar qabul qilinadi. Tanlov havaskor va professional – barcha suratkashlar uchun ochiq. Mukofot dasturida qatnashchilar oʻzlari yashaydigan koʻchalarning turli koʻrinishdagi fotosuratlari bilan qatnashishlari mumkin. Ishtirokchilar tanlovda bir yoki bir necha fotosuratlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Gʻoliblar quyidagi nominatsiyalar boʻyicha aniqlanadilar:

  • Single Image Prize Winners
  • Series Prize Winners

Grant kimlar uchun?

Havaskor va professional fotograflar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadilar:

Single Image Prize Winners nominatsiyasi boʻyicha:

  • 1-oʻrin: 2000 AQSh dollar
  • 2oʻrin: 1000 AQSh dollar
  • 3-oʻrin: 500 AQSh dollar

Series Prize Winners nominatsiyasi boʻyicha:

  • 1-oʻrin: 3500 AQSh dollar
  • 2oʻrin: 2000 AQSh dollar
  • 3-oʻrin: 1000 AQSh dollar

Tanlovda gʻolib boʻlgan barcha fotosuratlar 2022-yilning bahorida Nyu York shahrida boʻlib oʻtadigan koʻrgazmada namoyish etiladi. Batafsil ma’lumot shu yerda.

Eslatma: Tanlovda 1 ta fotosurat bilan ishtirok etish bepul. Bittadan ortiq suratlarini yubormoqchi boʻlgan ishtirokchilar ularning koʻrib chiqilishi uchun toʻlovni (jami 10 tagacha fotosurat – 45 AQSh dollarigacha) amalga oshirish zarur. Talaba-ishtirokchilar uchun chegirmalar mavjud!

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nozod dunyoning istalgan mamlakatidan boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod 18 yoshdan katta boʻlishi kerak.
  3. Tanlovda havaskor va professional fotograflar, talabalar, shu sohaga qiziquvchi ijodkorlar irqi va millatidan qat’iy nazar ishtirok etishlari mumkin.
  4. Ishtirokchilar oʻz ishlarini belgilangan talablar asosida onlayn taqdim etadilar.
  5. Rasmlar tanlovning shu yilgi mavusiga oid boʻlishi zarur.
  6. LensCulture Competition`ning oldingi tanlovlarida g’olib bo’lgan fotosuratlarga sovrinli oʻrinlar berilmaydi.

Tanlov talablari haqida batafsil LensCulture saytining “Rules” boʻlimida tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzod fotosuratlarini 2021-yil 25-avgustgacha onlayn ariza orqali yuborishi zarur. Har bir qatnashchi tanlovga koʻpi bilan 10 ta fotosurat taqdim etishi mumkin.

Hujjatlarga qoʻyilgan talablar:

Taqdim etiladigan fotosuratlar quyidagi formatda boʻlishi zarur:

  1. Hajmi: 10 MB gacha
  2. Formati: JPEG
  3. Sifati: Uzun tarafi kamida 1200 megapiksel, maksimal 2000 megapikselgacha
  4. Nomlanishi: 50 ta belgidan koʻp boʻlmagan.

Talabga javob bermaydigan format yoki kattalikdagi suratlar qabul qilinmaydi. Ishlarga qoʻyilgan talablar haqidagi batafsil ma’lumot shu yerda. Mukofot dasturining avvalgi gʻoliblari bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

Tanlov haqidagi toʻliq ma’lumotni tashkilotchining rasmiy saytidan topishingiz mumkin. Murojaat uchun:

E-mail: support@lensculture.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!