×

Lincoln University International Doctoral Scholarships – PhD bosqichid uchun yillik 17 ming AQSh dollari stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1443 marta

Yangi Zellandiyada joylashgan Lincoln University oliygohi o’zining navbatdagi Lincoln University International Doctoral Scholarships grant dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturda universitetning PhD bosqichiga qabul qilingan yoki PhD kurslarida o’qiyotganiga 6 oydan ko’p bo’lmagan nomzodlar qatnashishlari mumkin. Grantlar ulkan akademik yutuqlarga erishgan, umidli tadqiqotchilarga beriladi. Dastur doirasida nechta grant berilishi va ajratilgan mablag’ miqdori oliygohning rektori (vice chancellor) tomonidan belgilanadi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantlar g’olib tadqiqotchilarga PhD kursining 3 yili davomida beriladi. Hozirda g’olib tadqiqotchiga yillik 24 000 AUD (taxminan 17124 AQSh dollari) midoridagi stipendiya ajratilmoqda.

Dastur doirasida nechta grant berilishi va ajratilgan mablag’ miqdori oliygohning rektori (vice chancellor) tomonidan belgilanadi.

Universitetda tahsil olish xarajatlari bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  1. Nomzod dunyoning istalgan mamlakatidan bo’lishi mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yo’q)
  2. Nomzod hujjat topshirish tgagunugacha Lincoln University’ning PhD kurslaridan biriga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak
  3. Nomzod universitetda kunduzgi (full time) tartibda tahsil olishi zarur
  4. Nomzod universitetning PhD/doktorontura bosqichiga qabul qilingan yoki PhD/doktorontura kurslarida o’qiyotganiga 6 oydan ko’p bo’lmagan bo’lishi kerak
  5. Nomzod a’lochi, ulkan akademik yutuqlarga erishgan bo’lishi va bu uning baholarida aks etishi lozim

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish uchun 2019-yilning 1-oktabriga qadar belgilangan ariza shakli to’ldiriladi hamda boshqa kerakli hujjatlar bilan birga quyidagi manzilga pochta orqali yuboriladi:

Scholarships Office
Lincoln University
PO Box 85084
Lincoln 7647
Christchurch
New Zealand

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. PhD’dan oldingi bosqich diplomlari nusxasi
  3. Dilom ilovasi
  4. Passport nusxasi
  5. Shaxsiy bayonot
  6. Tavsiyanoma
  7. Til sertifikatlari. IELTS 6.5, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi, ingliz tilida bo’lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.

Grant uchun talab etiladigan hujjatlar

  1. Ariza. Ariza shakli to’ldirilib, boshqa talab etilgan hujjatlar bilan birga universitetga pochta orqali yuborilishi zarur.
  2. Tadqiqot ishining qisqacha mazmuni (tahminan yarim sahifadan iborat).
  3. CV.
  4. 2 ta tavsiyanoma. Tavsiyanomalarni tavsiya beruvchilarning o’zlari scholarships@lincoln.ac.nz manziliga yuborishlari zarur.
  5. Lincoln University PhD kurslariga qabul qilinganlik haqidagi hujjat.
  6. Doktoronturadan oldingi bosqichlar diplomlari hamda ularda olingan baho/diplom ilovalari nusxalari.

Grant haqidagi to’liq ma’lumot bilan grant beruvchining rasmiy saytidan yoki grant nizomidan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Phone: (03) 423 00 00

Email: scholarships@lincoln.ac.nz.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!