×

Liverpool John Moores University: bakalavr kurslarida o’qish uchun 10 000 funt sterlinggacha grantlar


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1400 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Liverpool John Moores universiteti bakalavr kurslari uchun beriladigan grant dasturlari uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu universitet moliyaviy yordam dasturi tarkibida ko’plab grant dasturlari mavjud bo’lib, bakalavr kursiga qabul qilingan a’lochi va umidli talabalar bitta ariza orqali ularning bir nechtasiga hujjat topshirishlari mumkin. Liverpool John Moores universitetida mavjud bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet moliyaviy yordam dasturi tarkibidagi barcha grantlar ro’yxati bu yerda ko’rsatilgan. Grant yutib olgan talabaga, qaysi grant dasturi bo’yicha moliyaviy yordam olishidan kelib chiqib, 1 000 funt sterlingdan 10 000 funt sterlinggacha grant beriladi. Kontrakt to’lovi qancha?

Talablar:

  • Grantlarni yutib olish uchun nomzod yuqori akademik ko’rsatkichlarga ega bo’lishi va yetakchilik sifatlariga ega bo’lishi zarur.
  • Bakalavr kursiga qabul qilinish uchun nomzod maktabni (litsey, kollej) tamomlagan bo’lishi va foundation kursini tamomlagan bo’lishi kerak. Foundation kursi haqida ma’lumot
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Bakalavr kursiga qabul uchun kamida IELTS 6.0 (har bir qismidan to’plangan ball 5.5 dan kam bo’lmagan holda) yoki TOEFL IBT 78 (R18, W17, L17, S20) talab etiladi. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

2020-yilgi bakalavr kurslariga arizalar qabuli hozirda yopilgan va to’lmay qolgan o’rinlar uchun clearing qabul mavsumi boshlangan. 2021-yilgi kurslar uchun hujjatlarni 2020-yil 1-sentyabrdan boshlab topshirish mumkin bo’ladi. Bakalavr kursiga hujjat topshirish jarayonida grant uchun ham ariza berish mumkin. Ma’lumot uchun international@ljmu.ac.uk elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!