×

Avstraliya: bakalavrda o’qish uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

16.11.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

2952 marta

Avstraliyada joylashgan University of Queenslanddagi TC Beirne School of Law huquqshunoslik yo’nalishidagi Bachelor of Laws (honours) bakalavr kurslari yoki shunga aloqador qo’shma diplom kurslari (dual degree) uchun ajratgan grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar iqtidorli va huquqshunoslikka haqiqatdan qiziqadigan xalqaro talabalar uchun mo’ljallangan. Dasturdan maqsad umidli yoshlarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Bachelor of Laws darajasiga qo’shma tarzda tashkil etilgan qo’shma kurslar quyidagilar:

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant dasturi doirasida 2 nafar talabaga grant ajratiladi. Ularning biriga kontraktdan 50%, biriga 25% chegirma qilinadi. Grant faqat kontrakt to’loviga yo’naltiriladi, dastur boshqa xarajatlarni o’z ichiga olmaydi. Grant kurs tugagunigacha berilishi uchun talaba yil bo’yi kamida 70% (100 dan) natija ko’rsatishi kerak. Bakalavr kurslari kontrakt to’lovi miqdorlari bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

Bu grantlar Huquqshunoslikka chindan kuchli qiziqish bildirayotgan va a’lochi talabalarga beriladi. Grantga da’vogarlik qilish uchun nomzod Queensland universiteti bakalavr kursiga hujjat topshirgan va universitetda o’qishni hali boshlamagan, boshqa hech qanday manbadan grant olmayotgan bo’lishi kerak. Grantlar nomzod universitetga o’qishga qabul qilingach belgilanadi, shuning uchun kursning o’ziga o’qishga kirish uchun hujjatlarni sifatli tayyorlash va yetarlicha mehnat qilish tavsiya etiladi.

Huquqshunoslik bo’yicha bakalavr kurslariga qabul talablari

LLB (Hons) kurslariga qabul qilinish uchun nomzod quyidgai talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod 12 yillik majburiy ta’lim olgan bo’lishi zarur.
  2. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi, jumladan, IELTS’dan kamida 7 ball to’plagan bo’lishi kerak. bunda Writing va speakingdan kamida 7 ball, qolgan qismlardan kamida 6 ball to’plangan bo’lishi shart.

Dasturga qabul jarayoni:

Kurs uchun onlayn arizalarni grantga hujjat topshirishdan oldin amalga oshirish kerak. Buning uchun avval bu yerga kirib, ariza topshirishni boshlash kerak. Batafsil

Grantni uchun onlayn arizalarni scholarships@law.uq.edu.au elektron manziliga 2018-yil 16-noyabrdan kechiktirmasdan yuborish kerak. Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilishni unutmang:

  1. Agar maktab/kollej/litsey baholari ko’rsatilgan hujjat ingliz tilida bo’lmasa, ingliz tiliga rasman tarjima qildirish kerak.
  2. Shaxsiy bayonot (personal statement). Bu bayonotda nomzod huquqshunoslikni tanlagani sabablarini yozishi kerak. Bu hujjatda huquqshunoslikka chindan qiziqishingizni ko’rsatib berishingiz zarur.
  3. Ikkita tavsiyanoma.
  4. Ingliz tili testlari natijalari (masalan, IELTS).
  5. Tarjimai hol yoki CV.

Arizalar ko’rib chiqilgach, ilk saralashdan muvaffaqqiyatli o’tgan nomzodlar Skype orqali video suhbatdan o’tishlari kerak bo’lishi mumkin. Eslatib o’tamiz, Queensland universiteti Huquqshunoslik (Law) bo’yicha bakalavr kurslari uchun alohida ariza berish zarur.

Ma’lumot uchun rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz yoki scholarships@law.uq.edu.au elektron manziliga murojaatingiz qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!