×

Loewe Foundation Craft Prize: hunarmandlar uchun tanlov; mukofot – 50 000 yevro va Seuldagi ko’rgazmada qatnashish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

25.10.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

1771 marta

Loewe Foundation jamg’armasi tomonidan 5-marta tashkil etilayotgan Loewe Foundation Craft Prize xalqaro tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovda kulolchilik, xattotlik, emal, zargarlik buyumlari, lok, metall, mebel, teri, to’qimachilik, shisha, qog’oz, yog’och va amaliy san’at sohasiga oid buyumlar yasovchi hunarmandlar o’zlarining oxirgi 5 yillik ichida yasalgan ijod namunalari bilan ishtirok etishlari mumkin. Tanlov iste’dodli hunarmandlarni ommaga tanitish, ularning badiiy dunyoqarashi, texnik mahoratini rivojlantirish va yangilikka bo’lgan qiziqishini qo’llab-quvvatlashni maqsad qilib qo’ygan. Tanlovga nomzodlar yakka va guruh boʻlib ariza berishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Hunarmandlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda g’olib bo’lgan hunarmand/guruh 50 000 yevro miqdoridagi mukofot bilan taqdirlanadi.

Ekspertlar guruhi va hakamlar hay’ati tomonidan tanlangan va tanlov finaliga chiqqan amaliy san’at namunalari 2022-yili Seul shahrida bo’lib o’tadigan “Loewe Foundation Craft Prize 2022” ko’rgazmasida namoyish etiladi hamda ko’rgazma katalogiga kiritiladi.

Talablar:

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Nozod dunyoning istalgan mamlakatidan boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod 18 yoshdan katta bo’lishi va hunarmandchilik bilan professional tarzda shug’ullanishi kerak.
  3. Tanlovda hunarmandlar yakka va guruh sifatida ishtirok etishlari mumkin.
  4. Ishtirokchilar oʻz ishlarini belgilangan talablar asosida onlayn taqdim etadilar.
  5. Tanlovga oxirgi 5 yil ichida yaratilgan ijod namunalari taqdim etilishi zarur.
  6. Ishlanmalar kulolchilik, xattotlik, emal, zargarlik buyumlari, lok, metall, mebel, teri, to’qimachilik, shisha, qog’oz, yog’och yoki boshqa amaliy san’atga oid bo’lish kerak.
  7. Ishlanma texnik mahoratdan tashqari badiiy niyatni namoyish etishi kerak.
  8. Ishlanma avval hech qanday ko’rgazmada g’olib bo’lmagan original buyum bo’lishi va qo’lda/qisman qo’lda yaratilgan bo’lishi kerak.

Tanlov talablari haqida batafsil Loewe Foundation Craft Prize dasturining “Rules” boʻlimida tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2021-yil 25-oktyabrgacha onlayn shaklda qabul qilinadi.

Taqdim etiladigan hunarmandchilik namunalariga qoʻyilgan talablar:

  1. Ishtirokchi/guruh nomi, mamlakati, tug’ilgan vaqati va joyi, kontakt raqamlari, email va pochta manzili.
  2. Passport nusxasi.
  3. Hunarmandning qisqacha avtobiografiyasi.
  4. Hunarmandning 5 ta eng yaxshi ishlari jamlangan portfolio.
  5. Tanlovda ishtirok etadigan ishlanmaning nomi, hajmi (mm, sm, m), og’irligi (gr, kg), kategoriyasi, taxminiy qiymati (sug’rtalash maqsadida).
  6. Ishglanma haqidagi qisqacha ma’lumot (200 ta so’z atrofida).
  7. Ishlanma va uni taqdim etayotgan hunarmandning fotosurati (2-5 tagacha).
  8. Fotosuratlar neytral fonda, 800×600 px va 2 MB hajmda bo’lishi zarur.
  9. Ishlanmaning videosi (1 daqiqalik, majburiy emas).

Barcha hujjatlar va ariza ingliz tilida bo’lishi kerak. Hujjatlarga qoʻyilgan talablar haqidagi batafsil ma’lumot shu yerda. Mukofot dasturining avvalgi gʻoliblari bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

Gʻolib 2022-yilning bahorida eʼlon qilinadi.

Tanlov haqidagi toʻliq ma’lumotni tashkilotchining rasmiy saytidan topishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!