Angliyaning London shahrida joylashgan Imperial College London PhD bosqichi uchun PhD scholarships in chemical engineering dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning The Department of Chemical Engineeringda PhD dissertatsiyasi tadqiqotini olib borishni xohlagan talabalar uchun mo‘ljallangan. Dasturga nomzod eng a’lochi va kimyo muhandisligi va yoki sohaga tegishli magistr ilmiy darajasiga ega bo‘lishi lozim. Grant 42 oy (3,5 yilga) beriladi. Grant 10 nafar tadqiqotchiga ajratiladi.
Grant kimlar uchun?
PhD bosqichida o‘qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarga quyidahi imkoniyatlar beriladi:
- Uch yarim yilga kontrakt pulini to‘liq qoplab beriladi.
- Uch yarim yil muddatga asosiy yashash xarajatlari uchun yillik 16,553 funt-sterling stipendiya ajratiladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
- Nomzod universitetning The Department of Chemical Engineering PhD kurslaridan biriga o‘qishga kirgan bo‘lishi kerak.
- Nomzod aʼlochi bo‘lishi zarur. Baholar 2:1 bo‘lishi talab qilinadi.
- Nomzod Imperial College London va The Department of Chemical Engineering talablariga mos bo‘lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursga qabul uchun IELTS kamida 7,0 (barcha bo‘limlardan kamida 6,5) bo‘lishi talab qilinadi.
- Nomzod chemical engineering yoki mos keladigan soha bo‘yicha bakalavr/magistr (First Class Honours degree at Master’s level) diplomiga ega bo‘lishi kerak.
Grant bo‘yicha barcha talablar: shu yerda batafsil berilgan.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar Imperial College Londonning The Department of Chemical Engineering PhD kurslarida o‘qish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi PhD kursiga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza topshirish shart emas. Dedlayn 2019-yil 31-oktabr va 2020-yilning 30-apreligacha. Deyarli barcha nomzodlar 1-dedlaynda saralab olinadi. Shuning uchun arizani 2019-yil 31-oktabrgacha topshirganingiz maqsadga muvofiq.
O‘qish va grantga qanday hujjat topshirish kerakligi va talablar: shu yerda berilgan.
Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):
- Personal statement.
- Magistr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:1 bo‘lishi lozim.
- 2 ta tavsiyanoma bera oladigan shaxslarning kontaktlari. Beriladigan elektron pochta manzillari rasmiy ish joyi/institut va boshqa idoralarga tegishli bo‘lishi kerak. Shaxsiy e-maillar qabul qilinmaydi. Tavsiyanomalarni o‘zingiz tizimga yuklamang. Tavsiyanomani taqrizchi o‘zi jo‘natishi kerak bo‘ladi.
- Ingliz tili testi (kamida IELTS 7,0 yoki ro‘yxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
- Ish tajribangiz haqida ma’lumot so‘ralishi mumkin.
- Pasport nusxasi.
- Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
- Hujjatlari birinchi saralashdan o‘tgan nomzodlar bilan noyabr yoki dekabr oyida suhbat o‘tkaziladi.
Grantga hujjat topshirish va talablar haqida batafsil: shu yerda tanishing.
Nomzodlar grantga kimyo sohasidagi aʼlo baholari, ish tajribasi, ilmiy tadqiqot faoliyati, kelajakdagi rejalari, suhbat natijalari kabilar asosida saralanadilar.
Natijalar dekabr oyi oxirigacha xabar qilinadi.
Ma’lumot uchun: s.underwood@imperial.ac.uk