×

London South Bank University: PhD tadqiqotchilari uchun toʻliq grantlar; stipendiya ajratiladi va tadqiqot harajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

15.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1684 marta

Buyuk Britaniyaning London South Bank University School of Engineering maktabi PhD bosqichiga hujjat topshirgan tadqiqotchilarga PhD Scholarships dasturi boʻyicha bir qator grantlar taklif etmoqda. Dasturdan maqsad iqtidorli, yuqori potensialli tadqiqotchilarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash. Grantlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tadqiqot olib borish uchun ajratiladi:

  • Modelling and simulation of the laser ablation process
  • Instrumented Nanoindentation for information rich electro-mechanical characterisation
  • The Rehbinder Effect across length scales
  • Finite element analysis and experiments on hybrid laser assisted machining processes
  • Highly Efficient Bifacial Organic Solar Cells
  • Thermally Activated Delayed Fluorescence (TADF) based Hyperflourescence OLEDs

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichi uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan tadqiqotchiga 3 yillik PhD kursi davomida quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Oʻqish toʻlovlari 100 foiz toʻlab beriladi.
  2. Yillik 15 000 funt sterling miqdorida stipendiya ajratiladi (soliqlarsiz).
  3. Tadqiqotchilarga qoʻshimcha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, tadqiqot jihozlaridan foydalanish va xalqaro konferensiyalar, seminar va mahorat darslarida ishtirok etishlari uchun mablagʻ ajratiladi.
  4. Zamonaviy ilmiy loyihalarda qatnashish imkoni beriladi. Batafsil maʼlumot shu yerda.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega (first class/upper second class Honours degree) boʻlishi lozim.
  3. Material Science, Chemistry yoki Physics yoʻnalishlaridan biri boʻyicha magistratura kursini (MSc / MRes) bitirgan nomzodlarning ariza berishlari qoʻllab-quvvatlanadi.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  5. Nomzodning materialni sintez qilish, materialni tavsiflash va qurilmani yasash boʻyicha yaxshi bilim yoki tajribaga ega boʻlishi maqsadga muvofiq.
  6. Nomzod mustaqil va guruhda ishlash, kommunikativ qobiliyatlarga ega boʻlishi kerak.
  7. Nomzod dasturga ariza berishidan avval oʻziga ilmiy rahbar tanlashi va u bilan bogʻlanishi tavsiya etiladi.
  8. Har bir tadqiqot yoʻnalishi uchun maxsus talablar mavjud boʻlib, ular bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida qatnashish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. LSBU School of Engineering mahtabining PhD kursiga yuqoridagi yoʻnalishlar boʻyicha hujjat topshirgan barcha nomzodlar oʻz-oʻzidan dastur ishtirokchisiga aylanadilar. Hujjatlar 2020-yil 15- iyulgacha qabul qilinadi. Omadli tadqiqotchilar shu yilning 1-oktabridan oʻqishni boshlashadi.

Ariza berish: LSBU Online Application System orqali amalga oshiriladi. Tizimdan oʻzlari tanlagan kursni topa olmagan ariza beruvchilar  UCAS orqali hujjat topshirishlari mumkin.

Kerakli hujjatlar (umumiy):

  1. Onlayn ariza.
  2. Personal statement.
  3. Diplom va baholar varagʻi (diplom ilovasi).
  4. Ingliz tili sertifikati.
  5. Ikkita tavsiyanoma.
  6. Cover letter va CV.
  7. Research proposal talab qilinishi mumkin.
  8. Qoʻshimcha ACT/SAT/GMAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati, tadqiqot olib borishga layoqati, sohaga tegishli kasbiy tajribasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar imkon qadar tez fursat ichida eʼlon qilinadi.

Murojaat uchun: Louise Thompson campbels@lsbu.ac.uk  

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!