×

London: Ssenaristlar uchun qisman grantlar va imtiyozlar!


Grant

MUHLAT

25.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1654 marta

Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Regent’s University London universiteti taniqli olim va stsenariy yozuvchisi Robert McKee bilan hamkorlikda Robert McKee International Screenwriting Scholarship grant dasturini taklif qilmoda. Ushbu grant dasturi universitetning 2020-yil sentabrda boshlanadigan BA (Hons) Film & Screen (Screenwriting & Producing) yoʻnalishi boʻyicha bakalavr kursiga qabul qilingan mahalliy va xorijlik talabalar uchun moʻljallangan. Oliygohdagi bakalavr kursi 3-yil davom etadi. Grant dasturidan maqsad favqulodda iqtidorli, yuqori potensialli, lekin moliyaviy imkoniyati cheklangan talabalarni ragʻbatlantirish va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash. Dastur doirasida bir nafar talabaga grant berish rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabaga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Oʻqish toʻlovi uchun 7 000 funt-sterling miqdorida mablagʻ (yillik kontrakt toʻlovi 18 000 funt-sterling).
  2. Robert McKee’s Legendary Story Seminar`da bepul qatnashish imkoniyati.
  3. Q&A Session`da qatnashish imkoniyati.
  4. Oliygohda boʻlib oʻtadigan London Screenwriters’ Festival`da bepul qatnashish imkoniyati.
  5. Regentʼs Universityʼdagi filmlar, media va spektakllarda bosh rollarni oʻynash imkoniyati.

Universitetda oʻqish uchun sarflanadigan xarajatlar bilan shu yerda batafsil tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod oliygohning BA (Hons) Film & Screen (Screenwriting & Producing) yoʻnalishi boʻyicha bakalavr kursiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod yuqori maktab/litsey/kollejni a’lo baholarga tamomlagan boʻlishi kerak.
  4. Nomzod oʻzida favqulodda kuchli iqtidor va potensial namoyon etishi zarur.
  5. Grant qiyinchiliklarga duch kelgan, oʻgir sharoitlarda yashaganiga qaramay muvaffaqqiyatga erishgan, ulkan akademik yutuqlarga ega talabaga beriladi.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar haqida shu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

2020-yilning sentabrida boshlanadigan BA (Hons) Film & Screen (Screenwriting & Producing) yoʻnalishi boʻyicha bakalavr kursiga hujjatlarning barchasi shu yilning 25-martiga qadar topshirilishi kerak. Oliygohga arizalar onlayn va pochta orqali topshirilishi mumkin. Oliygohga qabul jarayoni va talablari haqidagi batafsil maʼlumot shu yerda.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Bundan oldingi bosqich diplomi va baholardan koʻchirma (ingliz tilidagi tarjimasi bilan).
  3. Tavsiyanoma.
  4. Personal Statement (300-500 soʻzdan iborat).
  5. Passport nusxasi.
  6. Ingliz tilini oʻzlashtirganlik sertifikati (IELTS 6.0, har bir boʻlimdan kamida 5.5 ball).

Hujjat topshirish jarayoni (grantga):

Grant dasturiga hujjat topshirish uchun onlayn ariza toʻldirilishi va ‘Why would being a Robert McKee International Screenwriting scholar be important to you?’ savoliga javob boʻladigan 5 daqiqalik drama stsenariysi hamda 1 000 soʻzdan iborat bayonot bilan birga topshirilishi kerak. Dasturga arizalar 2020-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlar bilan yuzma-yuz yoki skype orqali suhbat oʻtkaziladi.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni unversitetning rasmiy sayti dan bilib­­­­­­­­­­ olishingiz mumkin. Murojaat uchun:

E-mail: scholarships@regents.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!