×

LPI Summer Intern Program: Bakalavriat talabalari uchun AQSHda 10 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi!


Grant

MUHLAT

12.12.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

7683 marta

AQSHning Texas shtatidagi Xyuston shahrida joylashgan Oy va sayyoralar instituti bakalavriat talabalariga LPI yozgi amaliyot dasturi orqali oy va sayyoralar tadqiqoti sohasida zamonaviy tadqiqot tajribasiga ega boʻlish imkoniyatini taklif etadi. Amaliyot dasturi uchun fizika, tabiiy fanlar, kompyuter fanlari yoki matematika sohasida oʻqiyotgan talabalar afzal koʻrilsa-da, istalgan soha boʻyicha tahsilolayotgan bakalavriat talabalari suhbu dasturga hujjat topshirishi mumkin.

Amaliyot dasturi 2024-yil 3-iyundan 9-avgustgacha (10 hafta) davom etadi. Har bir amaliyotchi LPI yoki NASA Jonson koinot markazidan boʻlgan olim bilan birgalikda tadqiqot loyihasi ustida ish olib boradi. Amaliyotchilarni loyiha maslahatchilari akademik oʻzlashtirish darajasi, ilmiy qiziqishi va taʼlimi / tajribasi loyiha ehiyojlariga mosligi asosida saralab oladi.

Amaliyotga qabul qilinganlar Xyuston shahridagi Oy va sayyoralar instituti yoki NASA Johnson koinot markazida tadqiqot olib boradi.

Tadqiqot olib boriladigan mavzular bilan BU YERDA tanishing.

Grant kimlar uchun?

Kamida 1-kursni bitirgan bakalavriat talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:

  • Amaliyot dasturi davomidagi transport, yashash va turar joy xarajatlarini qoplash uchun 8220 AQSH dollarigacha stipendiya beriladi (10 hafta uchun).
  • Xalqaro amaliyotchilar navbatdagi Oy va sayyoralar tadqiqoti konferenisyasi uchun asosiy muallif sifatida tezis (maqola) topshirsa va konferensiya uchun qabul qilinsa, ularga 1000 dollargacha qoʻshimcha mablagʻ taklif etiladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Istalgan sohada oʻqiyotgan, kamida 50 kredit semestr soatiga ega boʻlgan (Oʻzbekiston tizimida kamida 2 yoki 3 semestrni yakunlagan) bakalavriat talabalari ariza topshirishi mumkin. Fizika, tabiiy fanlar, kompyuter fanlari yoki matematika sohasida oʻqiyotgan talabalarga ustunlik beriladi.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish lozim.
  • Xavfsizlik yuzasidan AQSH Davlat departamenti tomonidan alohida belgilangan davlatlar fuqarolari ushbu dasturga topshira olmaydi (Oʻzbekiston bunday davlatlar orasida yoʻq).
  • Jins, yosh, jinsiy mansublik, nogironlik, tashqi koʻrinish, irq, din yoki boshqa himoyalangan xususiyatlardan qatʼi nazar, yuqoridagi talablarga mos boʻlgan barcha nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • Stipendiya, oʻquv dasturi va tajriba
  • Karyera maqsadlari va ilmiy qiziqish
  • Nomzod qiziqishlarining mavjud tadqiqot loyihalariga mosligi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2023-yil 12-dekabrgacha onlayn tazrda BU YERDA qabul qilinadi. Ariza toʻldirishni boshlaganingizda ariza shaklidagi barcha savollarga javob yozishingiz va barcha boʻlimlarni toʻldirishingiz kerak. Shu sababli avval ariza shaklidagi savol va boʻlimlarni koʻrib chiqib, ularga oldindan javob tayyorlab oling. Ariza shakli toʻldirilib, topshirilgandan keyin tasdiq emaili yuboriladi. Unda ariza raqamingiz va tavsiyanomalar holatini koʻrish uchun havola boʻladi.

Dastur uchun maksimal 3 tagacha tavsiyanoma va universitetda olgan baholaringiz (official transcripts) topshirilishi lozim. Baholar va tavsiyanomalarni bir-biridan alohida topshirish mumkin, lekin ular 2023-yilning 12-dekabriga qadar LPI tomonidan qabul qilinishi kerak.

Baholar bevosita siz oʻqiydigan universitet tomonidan internprogram@lpi.usra.edu elektron manziliga yuborilishi kerak. Baholar hujjatida ariza raqamingiz ham koʻrsatilishi kerak.

Shuningdek, xalqaro nomzodlar ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat ham topshirishi kerak. Ular quyidagilardan biri boʻlishi mumkin:

  • TOEFL (minimal ball koʻrsatilmagan).
  • IELTS (minimal ball koʻrsatilmagan).
  • Universitetingizdagi ingliz tili kafedrasining oʻqituvchisi tomonidan yozilgan xat; bu xatda amaliyot dasturida muvaffaqiyatli qatnashish uchun sizda yozma va ogʻzaki ingliz tili koʻnimalari yetarli ekanligi yozilgan boʻlishi kerak.

Talabalar qabul natijalari haqida 2024-yil mart oyida xabardor qilinadi. Tanlangan talaba amaliyotda qatnashish taklifiga 2 kun ichida javob berishi lozim. 2 kun ichida javob qilinmasa, taklif oʻz kuchini yoʻqotadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dasturning rasmiy saytidagi maʼlumotlar va koʻp beriladigan savollarga javoblar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan internprogram@lpi.usra.edu (Claudia Bellard) elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!