Buyuk Britaniyada joylashgan London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi (LSHTM) tibbiyot sohalari boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilarga 2023-24 LSHTM Fund Scholarship dasturini taklif etadi. Ushbu grant faqat maktabning Londondagi kampusida oʻqitaldigan 1 yillik magistratura kurslarida kunduzgi taʼlim shaklid (full-time) oʻqish uchun taqdim etiladi.
Nomzodlar mazkur granti qoʻlga kiritish uchun ushbu tibbiyot maktabi tomonidan taklif etiladigan magistrlik dasturlaridan biriga ariza topshirishi va qabul qilinishi kerak.
Grant kimlar uchun?
Tibbiyot boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu grantni yutib olgan talabalarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
- Kontrakt toʻlovi (tution fee) toʻliq qoplanadi.
- Oʻqish davomidagi majburiy boʻlgan joylarga borib oʻrganish mashgʻulotlari toʻlovlari qoplanadi.
- Bir yilga 22 000 funt-sterling (taxminan 27 400 AQSH dollari) stipendiya beriladi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod daromadi past yoki oʻrta davlatlardan birining fuqarosi yoki rezidenti boʻlishi kerak (Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkmaniston va Afgʻoniston bu davlatlar roʻyxatida bor).
- Nomzod ushbu tibbiyot maktabining Londonda oʻqitiladigan magistrlik kurslaridan birida 2025-2026-oʻquv yilida toʻliq shakldagi taʼlim (full-time) shaklida oʻqish uchun ariza topshirishi va qabul qilinishi (qabul taklifini olishi) kerak.
- Oʻqishni bitirgach, daromadi past yoki oʻrta davlatga qaytishni maqsad qilgan boʻlishi kerak.
- Nomzod grant ajratilmasa, oʻqishga qabul qilingan magistrlik dasturining kontrakt summasini toʻlay olmasligini yozma ravishda tasdiqlashi kerak. Kontrakt summalari bilan BU YERDA tanishing.
- Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak. Dasturga qarab, nomzoddan IELTS 6.5, 7.0 yoki 7.5 (yoki shunga teng boshqa xalqaro til sertifikati) talab qilinadi. Qabul qilinadigan til sertifikatlari haqida BU YERDAN maʼlumot olish mumkin. Aynan qaysi dasturga qanday ball soʻralishini tegishli magistrlik dasturi sahifasiga kirib, koʻrib olish mumkin (sahifada yoʻq boʻlsa, email yozib aniqlashtirish mumkin). Ayrim hollarda til sertifikatini topshirmaslik ham mumkin. Batafsil BU YERDA tanishing.
- Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
- Nomzod kamida “upper second-class honours” bakalavrlik darajasiga ega boʻlishi kerak. Bu Oʻzbekiston sharoitida 100 ballik tizimda baholarning oʻrtachasi kamida 70% boʻlishini anglatadi.
- Bu grant onlayn oʻqitiladigan magistrlik dasturlari uchun ajratilmaydi.
- Shuningdek, bu grant quyidagi qoʻshma dasturlar ( joint programmes) uchun ajratilmaydi: MSc Global Mental Health; MSc Health Policy, Planning & Financing; MSc One Health; MSc Veterinary Epidemiology.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2025-yil 6-mart, soat tonggi 03:59 ga qadar qabul qilinadi. Grant olish uchun avval tegishli magistrlik dasturlaridan biriga oʻqishga ariza berish kerak. Grantga ariza ham magistrlik dasturiga ariza bilan bir vaqtda topshiriladi.
Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Dastlab magistrlik dasturlaridan birini tanlang, sahifasiga kiring. Soʻng u yerda dasturning qabul talablari va qanday qlib ariza topshirish (How to apply) boʻlimlari bilan batafsil tanishib chiqing va oʻzingiz tanlagan magistrlik dasturiga ariza topshiring.
- Magistrlik dasturiga ariza topshirganingizdan keyin universitetning stipendiya masalalari boʻyicha jamoasidan sizga scholarships@lshtm.ac.uk manzilidan email keladi. Bu emailda onlayn stipendiya va grantlarga ariza topshirish portaliga havola berilgan boʻladi.
- Shu portalga kiring va “LSHTM Fund Scholarship” deb qidiring. Ushbu grantni topgandan keyin unga ariza topshiring.
Magistratura dasturlariga ariza topshirish jarayoni, jumladan, kerakli hujjatlar haqidagi batafsil maʼlumotni BU YERDAN topasiz.
Magistrlik dasturiga ariza topshrish pullik (50 funt-sterling).
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlonni batafsil oʻqib chiqing.
Savollar yuzasidan scholarships@lshtm.ac.uk elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.