×

LSHTM Fund Scholarship: Britaniyada turli tibbiyot sohalarida magistrlik bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant va yillik stipendiya!


Grant

MUHLAT

02.03.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

5771 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi (LSHTM) tibbiyot sohalari boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilarga 2023-24 LSHTM Fund Scholarship dasturini taklif etadi. Ushbu grant faqat maktabning Londondagi kampusida oʻqitaldigan 1 yillik magistratura kurslarida kunduzgi taʼlim shaklid (full-time) oʻqish uchun taqdim etiladi.

Nomzodlar mazkur granti qoʻlga kiritish uchun ushbu tibbiyot maktabi tomonidan taklif etiladigan magistrlik dasturlaridan biriga ariza topshirishi va qabul qilinishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Tibbiyot boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni yutib olgan talabalarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  1. Kontrakt toʻlovi (tution fee) toʻliq qoplanadi.
  2. Oʻqish davomidagi majburiy boʻlgan joylarga borib oʻrganish mashgʻulotlari toʻlovlari qoplanadi.
  3. Bir yilga 19 500 funt-sterling (taxminan 24 ming AQSH dollari) stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod daromadi past yoki oʻrta davlatlardan birining fuqarosi yoki rezidenti boʻlishi kerak (Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkmaniston va Afgʻoniston bu davlatlar roʻyxatida bor).
  2. Nomzod ushbu tibbiyot maktabining Londonda oʻqitiladigan magistrlik kurslaridan birida 2023-2024-oʻquv yilida toʻliq shakldagi taʼlim (full-time) shaklida oʻqish uchun ariza topshirishi va qabul qilinishi (qabul taklifini olishi) kerak.
  3. Oʻqishni bitirgach, daromadi past yoki oʻrta davlatga qaytishni maqsad qilgan boʻlishi kerak.
  4. Nomzod grant ajratilmasa, oʻqishga qabul qilingan magistrlik dasturining kontrakt summasini toʻlay olmasligini yozma ravishda tasdiqlashi kerak. Kontrakt summalari bilan BU YERDA tanishing.
  5. Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak. Dasturga qarab, nomzoddan IELTS 6.5, 7.0 yoki 7.5 (yoki shunga teng boshqa xalqaro til sertifikati) talab qilinadi. Qabul qilinadigan til sertifikatlari haqida BU YERDAN maʼlumot olish mumkin. Aynan qaysi dasturga qanday ball soʻralishini tegishli magistrlik dasturi sahifasiga kirib, koʻrib olish mumkin (sahifada yoʻq boʻlsa, email yozib aniqlashtirish mumkin). Ayrim hollarda til sertifikatini topshirmaslik ham mumkin. Batafsil BU YERDA tanishing.
  6. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
  7. Nomzod kamida “upper second-class honours” bakalavrlik darajasiga ega boʻlishi kerak. Bu Oʻzbekiston sharoitida 100 ballik tizimda baholarning oʻrtachasi kamida 70% boʻlishini anglatadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 2-mart, soat tonggi 03:59 ga qadar qabul qilinadi. Grant olish uchun avval tegishli magistrlik dasturlaridan biriga oʻqishga ariza berish kerak. Grantga ariza ham magistrlik dasturiga ariza bilan bir vaqtda topshiriladi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab yuqorida keltirilgan magistrlik dasturlaridan birini tanlang, sahifasiga kiring. Soʻng u yerda dasturning qabul talablari va qanday qlib ariza topshirish (How to apply) boʻlimlari bilan batafsil tanishib chiqing.
  2. Shundan soʻng, BU YERGA kirib, roʻyxatdan oʻting va hisob oching (register).
  3. Soʻng magistrlik dasturlariga kerakli hujjatlarni topshiring. Oʻqishga qabul qilinsangiz, qabul taklifini olgandan keyin 28 kun ichida depozit summa oʻtkazishingiz kerak. Bu summa odatda 500 funt-sterling boʻladi. Bu talabaning oʻqish oʻrnini band qilish uchun olinadi va keyinchalik talabaning oʻziga qaytariladi (uning xarajatlari uchun sarflanadi).
  4. Grantga ariza berish: Shu yerda grant uchun arizani toʻlidirasiz. Ariza toʻldirayotganda grantlar menyusi chiqadi, shular ichidan “2023-24 LSHTM Fund Scholarship” grantini tanlaysiz. Qoʻshimcha savollar shaklini ham toʻldirib, grantga ariza toʻldirish tizimiga yuklash kerak.

Magistrlik dasturiga ariza topshrish pullik (50 funt-sterling).

Kerakli hujjatlar (taxminiy):

  1. Toʻldirilgan arizalar.
  2. CV/resume.
  3. Diplom va diplom ilovasi. Hozirda oxirgi kurs boʻlganlar faqat hozirga qadar olgan baholarini va oʻqishni mana shu yil bitirishi haqida maʼlumotnomani topshirishi mumkin.
  4. Tavsiyanomalar.
  5. Ingliz tili sertifikati.
  6. Qoʻshimcha savollar shakli (bu grant arizasi tizimiga yukalanadi, yuqoridagi qolgan hujjatlar magistraturaga ariza berish tizimiga yuklanadi).

Magistraturaga ariza topshirish boʻyicha QOʻLLANMA.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlonni batafsil oʻqib chiqing.

Savollar yuzasidan scholarships@lshtm.ac.uk elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!