Italiyada joylashgan Luiss Guido Carli universiteti magistratura kurslariga qabul qilingan talabalarga GRE yoki GMAT natijalariga asosan belgilanadigan grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur doirasida universitetning siyosatshunoslik, biznes va menejment, iqtisod va moliya hamda huquqshunoslik (jami 4 ta fakultet) fakultetlarining har biri uchun 2 tadan, jami 8 ta grant ajratilgan. Grantlar GRE yoki GMAT testlaridan eng yuqori ball olgan nomzodlarga beriladi va biror fakultet uchun ajratilgan grantga munosib nomzod chiqmasa, boshqa fakultetlarga qabul qilingan nomzodlarga belgilanadi.
Grantni yutib olish uchun nomzod GMAT testidan kamida 550 ball to’plashi kerak. Grantlar avvaliga 710 yoki undan yuqori ball olganlarga ajratiladi. Qolgan grantlar 550 va 710 ball orasidagi ball egalariga taqsimlanadi. GRE testini topshirganlarga ham GMAT 550-710 ballga teng hisoblangan ball uchun grantlar shu tartibda belgilanadi. GMAT va GRE testlarining bir-biriga teng hisoblangan ballarini taqqoslash uchun grant nizomi yakunida keltirilgan jadvaldan foydalanishingiz mumkin.
Natijalari bir-biriga teng kelib qolgan nomzodlar orasidan bakalavr kursi baholari yuqoriroqlariga grant belgilanadi. Shuning uchun ariza topshirish vaqtida nomzod o’rtacha bahosi (GPA) haqida aniq ma’lumot yuborishi kerak.
Universitetda mavjud magistratura kurslari va ta’lim tili haqida bu yerda tanishishingiz mumkin.
Grant kimlar uchun?
GRE/GMAT topshirgan, magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant berilgan talaba test natijalari asosida kontrakt to’lovidan qisman yoki to’liq ozod qilinadi. Qisman grant olganlarga 6150 yevro grant beriladi. Kontrakt to’lovi 12 300 yevroni tashkil qiladi.
Grant o’qish tugagunicha har yili beriladi. Buning uchun talabaning bahosi kamida 30 balldan 27 bo’lishi, barcha ta’lim kreditlarining kamida 70% qismini olishi kerak.
Talablar:
- Grantga ariza berish uchun GMAT va GRE testlaridan yuqori ball olish zarur.
- Grantga ariza berishdan avval magistraturaga 30-iyungacha ariza beriladi. Magistraturaga qabul uchun bakalavr diplomini olganlik yoki 2-iyulgacha olish talab qilinadi. Baholar qanchalik yuqori bo’lsa, shunchalik yaxshi.
- Magistraturaga GRE yoki GMAT asosida qabul qilinish uchun GMAT testidan kamida 550 ball, GRE testidan kamida (ham verbal, ham quantitative qismidan) 145 ball talab etiladi. Bu ball grant uchun yetarli bo’lmasligi mumkin.
- Nomzodning bakalavr diplomi Italiya bakalavr tizimiga teng bo’lishi va tan olinishi kerak.
- Nomzod arizasida o’rtacha bahosini (GPA) ko’rsatishi kerak. Bu ma’lumot, odatda, diplom ilovasida ko’rsatilgan bo’ladi. Agar ko’rsatilmagan bo’lsa, GPA haqida qo’shimcha ma’lumot va baholash tizimiga izoh ko’rsatilgan ma’lumotnoma taqdim etish kerak.
- Nomzod qaysi tilda o’qitiladigan kursni tanlasa, shu kurs tilini (ingliz yoki italyan) yaxshi bilishi kerak. Barcha talablar magistratura kursiga qabul nizomida
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga ariza haqida
Grant va magistratura kurslarining har biriga bir-biridan alohida ariza topshiriladi. Grantga arizada talabaning baholari va GRE yoki GMAT natijalari ko’rsatilishi kerak.
Grantga arizalar 10-maydan boshlab 5-iyulgacha universitetning “Financial Aid” sahifasidagi tegishli qismda qabul qilinadi. 10-maydan boshlab ariza shakli joylashtiriladi. Hozir arizalar qabuli yopiq.
Grant haqida batafsil ma’lumot grant nizomida berilgan. Natijalar iyul oyigacha e’lon qilinadi. Grantga ariza berish jarayoni boshlanguniga qadar magistratura kursiga hujjat topshirish zarur.
Magistraturaga ariza haqida
Magistratura kurslariga arizalar 2021-yil 30-iyungacha qabul qilinadi. Arizani bu yerda boshlashingiz mumkin. Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.