×

Shvetsiya: magistratura uchun 100%lik grant


Grant

MUHLAT

15.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

5967 marta

Shvetsiyada joylashgan Lund Universiteti magistratura kurslari uchun ajratilgan The Söderberg Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant orqali universitet Masters in Management (menejment bo’yicha magistratura) magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan chet ellik eng iqtidorli talabalarga moddiy ta’minot beradi, bu orqali umidli va qobiliyatli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsad qilingan. Dastur doirasida 2 nafar talabaga to’liq grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

The Söderberg Scholarship grantini yutib olgan talabaning kontrakt to’lovi 100% qoplab beriladi. Grant yashash xarajatlari va boshqa xarajatlarni o’z ichiga olmaydi, shuning uchun talaba Shveytsariyada payti barcha xarajatlarini qoplay olishi aniq bo’lmasa, viza ololmaydi.

Talablar:

Grantlar ushbu talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Yevropa Ittifoqi yoki Yevropa Iqtisodiy Hududi tarkibiga kirmaydigan davlat fuqarosi bo’lishi kerak.
  2. Nomzod Lund Universitetidagi Master’s in Management kursiga hujjat topshirgan bo’lishi, arizasida asosiy kurs sifatida shu kursni ko’rsatgan hamda ariza berish to’lovini ham amalga oshirgan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod bakalavr kursida a’lo baholarga o’qigan bo’lishi va eng muvaffaqqiyatli bitiruvchilardan bo’lishi kerak.
  4. O’zi hujjat topshirgan sohaga haqiqatdan qiziqiquvhci, Lund Universitetida o’qishni chindan xohlashi va o’z oldiga aniq maqsad qo’yganligini ko’rsatib bera olgan nomzodlarga saralash jarayonida ustunlik beriladi.

Nomzod o’qishga qabul qilingach unga grant belgilanadi, shuning uchun grantni yutib olish uchun nomzod oldin kursga qabul qilinishi shart. Menejment bo’yicha magistratura kursiga qabul shartlari:

  1. Nomzod bakalavr bosqichida Biznesni Boshqarish yoki Menejmentdan boshqa kursda o’qigan bo’lishi kerak.
  2. Nomzod ingliz tilida erkin muloqot qila olishi kerak. O’qishga qabul uchun nomzod eng kamida IELTS’dan 6.5, TOEFL PBT’dan 575, TOEFL IBT’dan 90 ball to’plagan bo’lishi shart.

Dasturga qabul jarayoni:

Söderberg Scholarship granti uchun ariza topshirishdan oldin Lund universiteti Master’s in Management kursiga to’liq ariza topshirgan bo’lishi shart. Kursga ariza topshirilgach, grantga ham 2019-yil 15-fevralgacha ariza topshirish mumkin.

Kursga hujjat topshirishda quyidagi hujjatlarni taqdim etish kerak:

  1. Bakalavr diplomi
  2. Baholar.
  3. Ingliz tili testi sertifikati.
  4. Passport nusxasi.

Barcha hujjatlar o’z original tilida, ingliz tiliga rasmiy tarjimasi ilova qilingan holda topshirilishi kerak.

Hujjat topshirish uchun 900 SEK (100.43 AQSh dollari) miqdoridagi to’lovni amalga oshirish kerak. Kurs uchun hujjat topshirishning so’nggi muhlati – 2019-yil 1-fevral.

Ma’lumot uchun info@ehl.lu.se elektron manziliga, +46 (0)46 222 0000 raqamiga yoki murojaat paneliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!