×

Mukofot jamg’armasi 1000 AQSh dollari bo’lgan insholar tanlovi


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

6578 marta

EssayService.com nashriyoti «Writer’s Encouragement Scholarship» dasturiga kollej/litsey o’quvchilari hamda universitet/institut talabalaridan  insholar qabul qilmoqda. Dasturdan maqsad – yozuvchilikka qiziqqan yoshlarni qo’llab-quvvatlash.

Insho topshirish muhlati: Ushbu dasturga insholar har yili 14-yanvarda 14-avgustgacha qabul qilinadi. G’oliblar insho qabul qilish tugagach 6 hafta o’tib e’lon qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Kollej/litsey o'quvchilari hamda universitet/institut talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov g’oliblari quyidagicha mukofotlanadi:

1-o’rin (Gold Scholarship) – 500 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti.
2-o’rin (Silver Scholarship) – 250 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti.
3-o’rin (Bronze Scholarship) – 250 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti.

Insholar quyidagi mavzular bo’yicha ingliz tilida yozilishi mumkin:

  • What changes might we see in education in the future?
  • How does education challenge the worldview of students?
  • Are tests an adequate medium of assessment?
  • Can essay writing be fairly judged without bias?
  • Essay writing services and their place in the educational market.

Talablar:

  • Nomzod Essay Service saytidan a’zo sifatida ro’yxatdan o’tishi kerak;
  • Avval g’olib bo’lgan nomzodlar yana qaytadan qatnashishi ham mumkin;
  • Nomzod o’quvchilik yoki talabalik guvohnomasini nusxasini onlayn tarzda topshirish orqali o’quvchi/talaba ekanligini tasdiqlashi kerak;
  • Insho plagiat bo’lmasligi kerak. Plagiat aniqlangan ishlar tanlovdan chiqarib tashlanadi;
  • Va topshiriladigan ishno quyidagi talablarga javob berishi kerak:
    1. Insho Harvard Style usulida yozilishi kerak va iqtiboslar ham shu usulda bo’lishi kerak. Harvard Style haqida SHU YERDA ma’lumot oling.
    2. Insho so’zlari soni kamida 600ta bo’lishi va 1200tadan oshib ketmasligi kerak.
    3. O’zingizni g’olib bo’lishga haqli ekanligingizni ta’kidlovchi gaplar yozishingiz mumkin emas.
    4. Insholar yuqorida berilgan mavzulardan biri asosida yozilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu tanlovda qatnashish va insholarni topshirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  1. Essay Service saytidan a’zo sifatida ro’yxatdan o’ting.
  2. Essay Service’ning Facebook sahifasiga qo’shiling (like bosing).
  3. Inshoni yuqorida keltirilgan talablar asosida tayyorlang.
  4. Inshoni onlayn ariza bilan birgalikda SHU YERGA topshiring.

Qiziqtirgan savollar yuzasidan  support@essayservice.com elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!