×

Malayziya: Magistraturada o’qish uchun kontrakti to’liq qoplanadigan 10ta grant!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Malayziya

O'QILGAN

10787 marta

Nottingem universitetining Malayziyada joylashgan kampusi (University of Nottingham, Malaysia Campus) magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun grant dasturini e’lon qiladi. Ushbu grantdan maqsad – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Dasturga qabul qilinishi rejalashtirilgan talabalar soni: 10ta.

O’qish sohasi: Nomzodlar quyidagi sohalardan birini tanlashi mumkin:

Hujjat topshirish muhlati: 2018-yilning sentabridan o’qishni boshlovchilar uchun 2018-yilning 15-martidan 5-avgustigacha; 2018-yilning dekabridan o’qishni boshlavchilar uchun 2018-yilning 1-iyunidan 20-oktabrigacha. Kuzda o’qishni boshlamoqchi bo’lgan nomzodlarga grant yutganligi haqida 2018-yilning 18-avgustigacha, qishda o’qishni boshlovchilar esa 2018-yilning 31-oktabrigacha xabardor qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Magistrlik bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qo’lga kiritgan nomzodlar uchun kontrakt puli to’liq to’lab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod ushbu grantga ariza topshirishdan oldin Nottingem universiteti Malayziya kampusidan magistrlik darajasida o’qishga shartsiz qabul qilinganligi to’g’risida taklif (unconditional offer) olgan bo’lishi va bu taklifni 1000 AQSh dollari miqdorida dipozit to’lagan holda qabul qilgan bo’lishi kerak. Ushbu taklifdan nusxa olinib, grant arizasiga nusxa ilova qilinadi.
  • Nomzod kontrakt asosida qabul qilingan xorijiy talaba bo’lishi kerak.
  • Nomzod bakalavriatni bitirganidan so’ng kamida 1 yillik ish stajiga ega bo’lishi lozim. Bakalavrni bitirib, ish stajiga ega bo’lmasdan ushbu grantga ariza topshirib bo’lmaydi.
  • Kontrakt puli to’lab berilsa-da, talabaning kundalik xarajatlari uchun stipendiya ajratilmaydi. Shu sababli, Malayziyadagi talaba kundalik xarajatlarini o’zi qoplay oladigan darajada bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi va bu hujjat olinganligiga 2 yildan oshib ketmagan bo’lishi kerak: IELTS 6.0 (no elements below 5.5); TOEFL (iBT) 79 (minimum 17 in Writing, 18 in Reading, 20 in Speaking).
  • Grant uchun arizar to’liq to’ldirilishi va hech qanday savol ochiq qolmasligi hamda barcha so’ralgan hujjatlar ilova qilinishi kerak. Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim.

Grant uchun ariza shaklini SHU YERDAN yuklab oling.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Ariza toldirilgandan so’ng, nomzodning email manzili ko’rsatilgan hamda so’ralgan hujjatlar ilova qilingan holda developingsolutionmalaysia@nottingham.edu.my elektron manziliga yuborilishi kerak. Faqatgina grantga qabul qilingan nomzodlarga email orqali xabar qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!