×

Italiya: Magistratura uchun 50%dan 100%gacha grantlar; joy – 7 ta!


Grant

MUHLAT

10.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

1747 marta

Italiyada joylashgan Adriano Olivetti iqtisodiyot va kompaniyalar menejmentini oʻqitish universiteti 2019-yil noyabr oyida boshlanadigan magistratura kurslari uchun grant ajratgan. Grantlar Business Strategy and International Management yoʻnalishiga beriladi. Kursning qulay jihatlaridan biri uning bir yil ichida ham darslar (5 oy), ham amaliy mashgʻulotlar (3 oy) va ham stajirovkani (4 oy) oʻz ichiga olishidir. Darslar ingliz va italyan tillarida olib boriladi va nomzod tilni oʻzi tanlaydi. Kurs uchun avtomatik tarzda belgilanadigan 6 ta toʻliq va 1 ta qisman grantlar mavjud.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Kursning kontrakt toʻlovi 7500 yevroni tashkil etadi.

Eng yaxshi natija koʻrsatgan nomzodlarga kontrakt puli avtomatik tarzda 50 foiz qisman yoki 100 foiz toʻliq qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod iqtisod, huquqshunoslik, muhandislik yoki gumanitar fanlar yoʻnalishlaridan biri boʻyicha bakalavr kursini tamomlagan boʻlishi kerak.
  2. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  3. Nomzod Business Strategy and International Management kursiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi/qilinishi lozim.
  4. Nomzod italyan tili sertifikatiga ega boʻlishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga alohida ariza topshirish shart emas. Grantga nomzodlik qilish uchun universitetning Business Strategy and International Management kursiga ariza berish yetarli. Ariza topshirish dedlayni – 10-oktabrgacha.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Nomzodlar onlayn ariza toʻldiradilar.
  2. Azrisa toʻldirgach, quyidagi hujjatlarni  informa@istao.it elektron manziliga joʻnatishlari kerak:
  • Passport oʻlchamdagi rasm va passport nusxasi
  • Shaxsiy bayonot. Bunda nomzod haqida, uning reja va maqsadlari haqida yozilishi kerak.
  • Diplom va baholar.
  • Nomzodning nashr va tezislari jamlangan rezyume.
  • CV/resume.
  • Nomzod olib borgan tadqiqotlar, tavsiyanoma va tashakkurnomalar hamda nomzodni yaxshiroq oʻrganish uchun kerak boʻlishi mumkin barcha boshqa qoʻshimcha hujjatlar.

Saralash jarayoni:

Nomzodlar quyidagi tartibda baholanadilar:

Yozma ish-20%

Guruh ishi-20%

Suhbat natijasi-60%.

Bularning barchasi yakuniy nazorat jarayoni sifatida onlayn tarzda oʻtkaziladi. Yozma ish jarayonida nomzod quyidagilar boʻyicha imtihondan oʻtadi: umumiy bilimlar darajasi, ingliz (italyan) tilini bilish darajasi va ingliz (italyan) tilida yozish mahorati.

Suhbat esa ikki xil komissiya a’zolari tomonidan oʻtkaziladi.

Grant haqidagi qoʻshimcha ma’lumotlarni tashkilotchining rasmiy sayti dan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun: informa@istao.it

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!