Fransiyada joylashgan Sciences Po universiteti tomonidan taqdim etiladigan The Emile Boutmy Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur Sciences Po universiteti magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan eng a’lochi va eng yetakchi talabalarga beriladi. Universitetda mavjud magistratura kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grantni yutib olgan talabaga 2 yillik magistratura kursi kontraktiga sarflashi uchun umumiy 10 000 yevro grant beriladi. Undan tashqari, yashash xarajatlari uchun yiliga 5 000 yevro stipendiya ham ajratiladi. Kontrakt haqida
Talablar:
- Nomzod bakalavr kursini yuqori baholarga tamomlagan bo’lishi, turli yutuqlarga erishgan, yetakchilik sifatlariga ega shaxs bo’lishi kerak.
- Nomzod Sciences Po universiteti magistratura kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirishi kerak.
- Nomzod Emole Boutmy grantini yutib olsa, boshqa grant dasturidan moliyaviy ko’mak olmasligi kerak.
- Nomzod hujjat topshirgan/qabul qilingan magistratura kursi 1 yillik bo’lishi mumkin emas. Grant faqat 2 yillik magistratura kursi uchun beriladi.
- Grantlar ikki universitet hamkorligida o’qitiladigan qo’shma dasturlar uchun berilmaydi. Faqat 3 ta qo’shma magistratura dasturlari bundan mustasno. Ular bilan bu yerda tanishing.
- Grantlar ikki davlat fuqaroligiga ega shaxslar uchun ajratilmaydi.
- Grantni yutib olish uchun nomzod o’zi hujjat topshirgan kurs o’qitiladigan tilni yaxshi bilishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantni yutib olish uchun Sciences Po universiteti magistratura kurslaridan biriga 2020-yil 6-dekabrgacha hujjat topshiring va arizada Emile Boutmy granti uchun nomzodingiz ko’rib chiqishini xohlashingizni ko’rsatib o’ting. Magistratura kursiga hujjatlar bu yer topshiriladi. Hujjat topshirish jarayoni bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Savollaringiz bo’lsa, yoki boshqa murojaatlar bilan bu yer yoki +33 (0)1 45 49 50 82 raqami bilan bog’laning.