Buyuk Britaniyada joylashgan Lancaster University oliygohi Faculty Postgraduate Scholarships dasturi orqali 2019-yilgi magistratura hamda doktorantura bosqichlarida o’qishni xohlovchi talabalarga grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi Lancaster University’da o’qitiladigan magistratura va doktorantura kurslari uchun ajratiladi. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan q’ollab-quvvatlash.
Nomzodlar grantni qo’lga kiritish uchun quyidagi yo’nalishlardan biriga hujjat topshirishi kerak:
Art | Creative Writing | Criminology | Design | English Language | English Literature | Environment, Culture & Society | Languages & Cultures | Film | Gender & Women’s Studies | History | Law | Linguistics | Media & Cultural Studies | Music | Philosophy | Politics | Religious Studies | Social Anthropology | Social Work | Sociology | Theatre Studies
Grant kimlar uchun?
Magistratura va doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Faculty Postgraduate Scholarships mukofotini qo’lga kiritgan talabalar to’lov kontraktidan ozod etilishi bilan bir qatorda, hayot kechirish uchun qo’shimcha 15000 yevrogacha bilan ta’minlanishi mumkin.
Lancaster University’dagi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
Talablar:
Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:
- Nomzod bakalavr yoki magistratura darajasini a’lo yoki yaxshi baholarga tugallagan bo’lishi talab etiladi.
- Nomzod Lancaster University qabul talablariga to’liq javob berishi lozim, ya’ni ushbu unversitet magistratura yoki doktorantura bosqichiga qabul qilingan bo’lishi kerak. Universitet qabul talablari bilan bu yerda to’liq tanishib chiqshingiz mumkin.
- Nomzod avval ushbu grant bilan taqdirlanmagan bo’lishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini bilish darajasini ko’rsatuvchi IELTS 6.5(har bir bo’limidan kamida 5.5ball ) va TOEFL IBT 93 (har bir bo’limidan 20 yoki 22 ball) sertifikatlarini topshirishlari so’raladi. Ingliz tili talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant dasturiga hujjat topshirish uchun universitet sayti orqali ariza to’ldirib, kerakli bo’limga electron pochta orqali jo’natish lozim. Agarda siz ushbu grantga hujjat topshirishni istasangiz oldin Lancaster University magistratura va Doktorantura qabul talablari bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.
Universitetga qabul jarayonida asosan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
- Notariusdan tasdiqlangan diplom nusxasi yoki o’qish joyidan rasmiy ma’lumotnoma
- Baholar ro’yhati
- Ilmiy tadqiqot ishlari haqida ma’lumotlar
- Research Proposal (ilmiy tadqiqot rejasi)
- Ikkita tavsiyanoma
Qo’shimcha ma’lumot uchun fass-pg-admissions@lancaster.ac.uk elektron manzili yoki +44(0)1524510851 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.