×

Magistratura va doktoranturani Koreyada bepul o’qib, 437 AQSh dollari oylik stipendiya va bepul tibbiy sug’urtaga ega bo’lish uchun grant!


Grant

MUHLAT

18.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

2881 marta

Janubiy Koreyada joylashgan nufuzli Korea Advanced Institute of Science and Technology (KAIST) universiteti tomonidan taqdim etiladigan KAIST International Student Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda mavjud magistratura va doktorantura kurslariga qabul qilingan eng iqtidorli chet ellik talabalarni moddiy jihatdan to’liq qo’llab-quvvatlash maqsadida beriladi. KAIST’da o’qitiladigan barcha kurslar ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktorantura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Grantni yutib olgan talaba magistratura uchun 4 semestr, doktorantura uchun 8 semestr davomida bepul o’qish imkoniga ega bo’ladi.
  • Talabaga magistratura uchun 350 000 von (295 AQSh dollari), doktorantura uchun 400 000 von (437 AQSh dollari) miqdorida oylik stipendiya
  • Talabaning salomatligi bepul sug’urta qilinadi.
  • Tadqiqot assistentlariga qo’shimcha mablag’ ajratilishi mumkin.

Talablar:

  • Magistratura uchun: nomzod Koreya fuqarosi bo’lmasligi, bakalavr diplomiga ega bo’lishi (yoki o’qish boshlangunicha ega bo’lishi va baholari yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod KAIST’da o’qitiladigan magistratura kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Doktorantura uchun: nomzod Koreya fuqarosi bo’lmasligi, bakalavr va magistratura diplomiga ega bo’lishi (yoki o’qish boshlangunicha ega bo’lishi) va baholari yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod KAIST’da o’qitiladigan doktorantura kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Grantlar ko’plab yutuqlarga erishgan, akademik ko’rsatkichlari yuqori va katta potensialga ega talabalarga beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

2021-yil bahorgi kurslar uchun qabul 2020-yil 18-sentyabrgacha davom etadi. Agar bahorgi semestrga hujjat topshirishga ulgurmasangiz, kuzgi semestr uchun qabul yana ochiladi.

1-qadam. Online ariza topshiring. Muddat – 18-sentyabrgacha. Hujjat topshirish jarayoni va hujjatlar ro’yxati bilan bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin. 18-sentyabrdan keyin ariza topshirish tizimi yopilishini unutmang.

2-qadam. Hujjatlaringizni pochta orqali KAIST ofisiga yuboring. Pochta xizmatining tezligi, KAIST ofisining dam olish va bayram kunlari ishlamasligi va texnik nosozliklar bo’lib turishini inobatga olgan holda, arizani erta topshirish va hujjatlarni erta yuborish tavsiya etiladi. Hujjatlar 25-sentyabrgacha KAIST ofisiga kelib tushishi va qabul qilib olinishi shart. Manzil:

Graduate Admissions Team, KAIST
#110, 1st Floor, E16‐1 B/D,
Daehakro 291, Yuseong-gu, Daejeon 34141,
Republic of Korea

Savollaringiz bo’lsa, ko’p so’raladigan savollarga berilgan javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!