×

Buyuk Britaniya: magistratura uchun to’liq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

20.11.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3900 marta

Dunyoda tenglikni targ’ib qilish maqsadida London Iqtisodiyot va Siyosiy Fanlar Maktabida tashkil qilingan “Inequalities and Social Sciences” (MSc) magistratura kursiga arizalar qabul qilinmoqda. Kurs dunyodagi irqiy, jinsiy va shu kabi boshqa ko’rinishdagi tengsizlik va adolatizliklarga qarshi targ’ibotlar olib borish va kurashishni maqsad qilgan shijoatli yetakchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, bunday talabalarga yengillik yaratish maqsadida universitet maxsus moddiy ta’minot dasturini ham ishlab chiqqan. Bu dastur shunchaki magistratura dasturidan ko’ra ko’proq hamkorlik (fellowship) dasturi hisoblanib, unda qatnashchilar asosan tadqiqot olib borishga e’tibor qaratishadi. Kurs bir yil davom etadi. Kursning sirtqi ko’rinishi ham mavjud.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu magistratura kursining to’liq stavkadagi turi uchun moddiy ta’minot dasturiga quyidagilar kiradi:

  1. Talabaning o’qish kontrakti to’lab beriladi.
  2. Talabaga yashash xarajatlari uchun 18000 funt sterling stipendiya
  3. Talabaga o’qish jarayonida asosiy binodan boshqa shaharda o’tadigan kurslar uchun yo’l xarajatlari qoplab beriladi.
  4. Undan tashqari, o’qish boshlanganda Londonga kelish va tugaganda qaytib ketish uchun aviachipta olib beriladi.

Sirtqi kurs uchun ham kontrakt to’lab beriladi, 3000 funt sterling stipendiya tadqiqot ishlari uchun beriladi va kelib-ketish kerak paytlar uchun safar xarajatlari uchun birmuncha mablag’ ajratiladi.

Talablar:

Magistratura kurslariga quyidagi talablarga eng mos nomzodlar tanlab olinadi:

  1. Nomzod aktivist sifatida yoki tengsizlikka qarshi kurashish, adolatni targ’ib qilish ishlarida kamida 5 yillik faol ish tajribasiga ega bo’lishi kerak.
  2. Nomzod o’z oldiga aniq maqsadlarni qo’yib, kursda o’qitiladigan bilimlarga jiddiy qarashga va keyinchalik ularni amalga tadbiq qilishga tayyor bo’lishi kerak.
  3. Nomzod jamiyatda tenglikni targ’ib qilish ishlarida faol qatnashishga jur’ati yetadigan shaxs bo’lishi lozim.
  4. Nomzod jamoa bo’lib o’qish va ishlashga tayyor bo’lish kerak.
  5. Nomzod magistratura kursiga kuchli qiziqish bildirishi lekin moddiy yordamsiz o’qiy olmaydigan vaziyatda bo’lsa va yuqoridagi talablarga mos bo’lsa, unga saralash jarayonida ustunlik beriladi.
  6. Nomzod ingliz tilini bilish talablariga javob berishi kerak. To’liq stavkadagi rejim uchun talablar bu yerda, sirtqi bo’lim uchun talablar esa bu yerda. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish uchun onlayn ariza topshirish kerak. Buning uchun avvaliga tizimda shaxsiy profil ochish kerak bo’ladi.

Ma’lumot uchun savol-javoblar yoki rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz yoki afp@lse.ac.uk elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!