×

Magistraturada o’qish uchun Litva hukumati grantlari


Grant

MUHLAT

15.07.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Litva

O'QILGAN

2435 marta

Litva Respublikasining Madaniyat va Ilm-fan vazirligi magistratura darajasida o’qish uchun bir nechta mamlakat fuqarolariga (Ular orasida O’zbekiston ham bor) to’liq va to’liq bo’lmagan o’qish grantlarini taqdim etadi.

O’zbekiston to’liq bo’lmagan grant beriluvchi mamlakatlar qatorida sanalgan. Bu davlatdan qabul qiligan talabalarga oylik stipendiya beriladi, ammo o’qish puli qoplanmaydi. Litvada magistraturada o’qish narxi, universitet va sohaga qarab, yiliga 2000 yevrodan 6000 yevrogacha bo’lishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

BAKALAVRNI BITIRGAN TALABALAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

O’qish davomida oyiga 380 yevro miqdorida stiendiya to’lanadi. Talabalar o’qish pulini o’z hisoblaridan to’lashlari lozim. Magistratura uchun o’qish narxi, universitet va sohaga qarab, yiliga 2000 yevrodan 6000 yevrogacha bo’lishi mumkin.

Talablar:

Kim uchun:

  1. Bakalavr darajasiga ega;
  2. Ro’yxatdagi mamlakatlardan biri fuqarosi bo’lgan (O’zbekiston ham bor);
  3. Litvadagi oliy o’quv yurtlaridan biriga qabul qilingan talabalar.

Talab qilingan hujjatlar:

  1. Pasport nusxasi;
  2. Bakalavr darajasini bitirganligini tasdiqlovchi diplom va diplom ilovasining notarius tasdiqlagan nusxasi (Ularning ingliz, rus yoki litva tiliga tarjimasi bilan);
  3. Agar ingliz tilida o’qishni istasangiz, TOEFL iBT (kamida 87 bal) yoki IELTS (kamida 5 bal) natijalarini, agar rus tilida oq’ishni istasangiz, uni B2 darajasini bilishingizni tasdiqlovchi hujjat;
  4. Ilmiy maqolalar, konferensiyada o’qilgan nutqlarning nusxasi (ingliz, rus yoki litva tiliga tarjimasi bilan);
  5. Ingliz, rus yoki litva tilida o’qishdan maqsadlaringiz aks etgan insho (Motivational letter);
  6. Tavsiyanoma;
  7. Litva universitetidan o’qishga qabul qilinganingizni tasdiqlovchi xatning nusxasi;
  8. Aloqa ma’lumotlari: Uy manzili, e-mail, telefon raqami va Skype manzili.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish tartibi:

Hujjatlar Litva Ta’lim vazirligiga pochta orqali 2015-yil 15-iyulgacha jo’natilishi kerak.

Bundan tashqari, ushbu grantni qo’lga kiritish uchun har bir nomzod mustaqil ravishda Litvadagi universitetlardan biriga hujjat topshirishi va o’qishga qabul qilinishi kerak.

Litva oliy o’quv yurtlari va ulardagi ta’lim yo’nalishlari bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

Hujjatlarni yuborish uchun manzil:

Higher Education Studies Division
Ministry of Education and Science of the Republic of Lithuania
A. Volano St 2, LT-01516, Vilnius
LITHUANIA

Ta’lim ingliz, rus va Litva tilida olib boriladigan oliy o’quv yurti va ta’lim dasturlari haqida quyidagi manzildan ma’lumot olishingiz mumkin:

Hujjatlari qabul qilingan nomzodlar suhbatga chaqirilishi mumkin. Suhbat internet orqali yoki biror joyda yuzma-yuz ko’rishgan holda o’tkazilishi mumkin. Grant berilgan nozmodlarga e-mail orqali xabar qilinadi.

Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, quyidagi shaxslarga bog’lanishingiz mumkin

Ms Eglė Fišeraitė
Chief Officer at the Higher Education Studies Division
Department of Education, Science and Technology
Ministry of Education and Science of the Republic of Lithuania
E-mail: egle.fiseraite@smm.lt
Phone:

Ms Elena Armalytė
Officer at the Higher Education Studies Division
Department of Education, Science and Technology
Ministry of Education and Science of the Republic of Lithuania
E-mail: elena.armalyte@smm.lt
Phone:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!