×

Making Matters Award: magistratura va doktorantura uchun 1200 funt-sterling grant; turar joy xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

31.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

2193 marta

Shotlandiyaning The University of Dundee – Dandi universiteti Making Matters Award dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2019-yilning kuzida boshlanadigan magistratura yoki doktorantura bosqichida oʻqishni istagan talabalar uchun moʻljallangan. Grantga hujjat topshirmoqchi boʻlgan talabalar MFA in Art & Humanities yoʻnalishining bakalavrdan keyingi bosqichlariga oʻqishga kirishi kerak. Grant 1 yilga beriladi.

Grant universitetning quyidagi magistratura va doktorantura kurslarida oʻqish uchun beriladi:

  • Art and Design
  • English
  • Creative Writing
  • Film Studies

Grant kimlar uchun?

Bakalavrdan keyingi bosqichlarda oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

The University of Dundee MFA in Art & Humanities magistratura va doktorantura kurslarida oʻqish muddati bir yil. Kontrakt toʻlovi taxminan 17,275 funt-sterling.

Grant yutib olgan nomzodga bir yilga:

  1. Bir marta 1200 funt-sterling mablagʻ ajratiladi.
  2. Nomzodning turar joy xarajatlari qoplab beriladi.
  3. Tanlangan kurs materiallari uchun ketadigan sarflarni toʻlaydi.

Nomzod ovqatlanish, viza, tibbiy sugʻurta va boshqa xarajatlarini oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Oʻzbekistonlik nomzodlar ariza bera oladi.
  • Dandi universitetining 2019-yil sentyabrda boshlanadigan MFA in Art & Humanities magistratura yoki doktorantura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetda oʻqitiladigan MFA in Art & Humanities magistratura yoki doktorantura kurslarda oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod avval universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Grant ajratilishi uchun arizani alohida joʻnatish kerak.

Demak, birinchi oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshirishamiz.

MFA Art & Humanities mutaxassisligiga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Avval universitetning qidiruv sahifasidan MFA Art & Humanities kursini topamiz.
  • MFA Art & Humanities sahifasidan Overview boʻlimida kurs haqida maʼlumot berilgan. Batafsil tanishamiz. Bu boʻlimda kurs haqida umumiy maʼlumt berilgan.
  • Entry Requirements boʻlimini tanlaymiz. U yerda uchun oʻqishga kirish talablari koʻrsatilgan.
  • Fees & Funding boʻlimida kurs uchun qancha kontrakt toʻlash kerakligi ham koʻrsatilgan.
  • Ingliz tili uchun koʻrsatilgan talablar bilan tanishamiz. Sahifada IELTS kamida 6.0 boʻlishi kerakligi yozilgan.
  • Your Application boʻlimidan “Apply now” yozuvini bosib, ariza toʻldiramiz. Kursning kodi P049591ni yozamiz. Arizaga kerakli hujjatlarni ilova qilib, joʻnatamiz.
  • Qoʻshimcha hujjatlar roʻyxatini Duncan of Jordanstone College of Art and Design: Natasha Lushetich, lushetich@dundee.ac.uk manzili yoki +44 (0)1382 385631 telefoniga bogʻlanib aniqlaymiz.

Grant uchun ariza toʻldirish. Ariza uchun alohida qabul qilingan shakl yoʻq. Demak, arizani ixtiyoriy shaklda, koʻrsatilgan talablarni qoʻshib, toʻldiramiz. Stipendiya komissiyasiga quyidagi hujjatlarni joʻnatish kerak:

  1. 500 ta soʻzgacha hajmda ariza.
  2. 6 ta ijodiy ishingizning surati/nusxasi.
  3. Arizangizda stipendiya olib borayotgan ishimizda qanday ahamiyatga egaligi, nima yordam bera olishi va kelajakdagi rejalarni yozish kerak.
  4. Hamma hujjatlarni alumni@dundee.ac.uk elektron pochtasiga 2019-yil 12-iyul kunigacha joʻnatamiz.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.0 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • Boshqa sertifikatlar. Masalan, qandaydir tanlovlarda qatnashib, gʻolib boʻlgan boʻlsangiz, shu kabilar soʻralishi mumkin.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma soʻralishi mumkin.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
  • 6 ta ijodiy ish nusxasi yoki surati.

Nomzodlarni saralash ularning yozgan arizasi, ijodiy ishlari, aʼlo baholari va yutuqlari, ijodkorligiga koʻra amalga oshiriladi.

Grant dasturi uchun 2019-yil 12-iyulgacha ariza berish mumkin. Natijalar dedlayn muddatidan keyin oʻqish boshlanguncha elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Savollar tugʻilganda murojaat uchun: alumni@dundee.ac.uk

Kurs boʻyicha savollar uchun: Duncan of Jordanstone College of Art and Design

Natasha Lushetich

Elektron pochta: n.lushetich@dundee.ac.uk

Telefon: +44 (0)1382 385631

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!