×

O’zbekistonda yoshlarni ishga joylashish ko’nikmalarini shakllantirish dasturi uchun logotiplar tanlovi!


Grant

MUHLAT

02.11.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

5332 marta

Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika Kengashlari, Xalq taʼlimi vazirligi va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda yangi: O’zbekistonda yoshlarni ishga joylashish ko’nikmalarini shakllantirish (YES) 5 yillik dasturni boshladi.

Dastur 8-11-sinflar uchun yangi o‘qitish va o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqish, shuningdek, o‘quvchilarni mehnat bozoriga tayyorlashda ko‘mak beradi.

Tashkilotchilar tomonidan YES dasturi logotipini ishlab chiqish uchun tanlov e’lon qilindi. Tanlovda barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin, eng yaxshi deb topilgan logotip bo’lsa O’zbekistonda yoshlarni ishga joylashish ko’nikmalarini shakllantirish (YES) dasturini rasmiy ramzi sifatida tanlanadi.

Ushbu tanlovda maktabning 1-11-sinf oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin (kollej va litsey oʻquvchilari ishtirok eta olmaydi).

Grant kimlar uchun?

Maktabning 1-11-sinf oʻquvchilari va yaqinda maktabni bitirganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur gʻoliblari maxsus diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Ishtirok etish shartlari quyidagicha:

  • Tanlovda ishtirok etish bepul.
  • Ishtirokchilar yakka tartibda yoki maksimal ravishda ikki kishidan iborat jamoada ishlashlari mumkin, ularning har biri Oʻzbekistondagi davlat umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi yoki shunday maktabni yaqinda bitirgan boʻlishi kerak. Bunday holda, har bir kishi / jamoadan faqat BITTA ariza qabul qilinadi.
  • Arizada 1-2 paragrafdan iborat, logotipni qisqacha mazmun-mohiyatining tavsifi mavjud.
  • Siz yoki jamoangiz aʼzosi tomonidan yaratilgan ishingizning asl nusxasini taqdim eting. Plagiat deb topilgan arizalar avtomatik ravishda diskvalifikatsiya qilinadi. Barcha kelib tushgan materiallar YES dasturining ixtiyoriga oʻtadi va qaytarib berilmaydi. Shaxsiy qayta aloqa taʼminlanmaydi.
  • Taqdim etilgan asarlarning hech biri mualliflik huquqi bilan himoyalanmaydi. Logotiplar va ularning parchalari uchun mualliflik huquqi rasmlar/raqamli tasvirlarni topshirish vaqtida avtomatik ravishda YES dasturiga oʻtadi.
  • Muallif/mualliflar avtomatik ravishda YES dasturiga taqdim etilgan materialdan notijoriy maqsadlarda (axborot, taʼlim va madaniy) foydalanish yoki oʻzgartirish huquqini beradi.
  • Muallif/mualliflar tanlovda ixtiyoriy ravishda qatnashishlarini va oʻz ishlarini tashkilotchilarga topshirgandan soʻng hech qanday shaklda mualliflik gonorarlari, kompensatsiya yoki boshqa summalarni talab qila olmasligini toʻliq tushunadi.
  • USAID tomonidan tasdiqlanganidan soʻng, gʻolib loyiha dasturning amalga oshirish muddati davomida rasmiy dastur logotipi sifatida ishlatiladi

YES logotipini yaratish jarayoniga qoʻyiladigan talablar:

  • YES dasturining maqsad va vazifalarini koʻrib chiqing (ilovadagi faktologik byulletenga qarang).
  • Logotip oddiy va oson tanib olinadigan koʻrinishga ega boʻlishi kerak.
  • Dizaynga matnni kiritishda ikkita variant (oʻzbek va ingliz tillaridagi) mavjudligiga ishonch hosil qiling, biroq barcha holatlarda “YES” yozuvi ingliz tilida qolishi kerak.
  • Bir-biriga mos keladigan 3 ta rangdan foydalaning.
  • Grafik detallarning minimal miqdoridan foydalanib, asosiy maʼno va hissiyotni yetkazing.
  • Logotipda Oʻzbekiston yoshlariga murojaat boʻlishi kerak.
  • Tayyor logotipingizni PDF, SVG, EPS, PNG formatlarida yoki A4 qogʻozga qoʻlda chizilgan skanerlangan, yuqori sifatli rangli rasm sifatida yuboring.
  • Logotip har xil ommaviy axborot tashuvchilari, masalan, tashqi reklama obyektlari, bannerlar, flayerlar, krujkalar, futbolkalar, tolstovkalar, daftarlar, darsliklar, papkalar, ruchkalar, veb-saytlar va hokazolarda oson ishlatilishi uchun universal boʻlishi kerak

Dasturga qabul jarayoni:

Arizangizni kontakt ma’lumotlari bilan birga yes.uz@americancouncils.org yoki Telegram orqali AC_mkim manziliga 2022-yil 2-noyabrgacha yuboring. Agar siz o’z ishingizni elektron pochta orqali yuborayotgan bo’lsangiz, “Хatning mavzusi” degan satrga to’liq ismingizni, hudud (tuman) ingizni va YES LOGO CONTEST iborasini yozib yuboring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!