×

Mälardalen University Scholarship: Shvetsiyada oʻqish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

15.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

5327 marta

Shvetsiyaning Stokgolm shahridagi joylashgan Melardalen universitetiMälardalen University (MU) 2021-2022-yillar uchun universitetning magistratura dasturlaridan birida tahsil olishni istagan nomzodlardan navbatdagi Mälardalen University Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga oʻqish pulini 100% toʻlab beriladi.

Stipendiya dasturi talabaning yashash, ovqatlanish va tibbiy sugʻurta xarajatlarini qoplashni nazarda tutmaydi. Shuningdek, universitetda roʻyxatdan oʻtish (ariza berish) badali toʻlangan taqdirdagina stipendiyaga nomzodning arizasi koʻrib chiqiladi.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Nomzod Yevropa Ittifoqi, Shveysariya va Yevropa Iqtisodiy hududiga kirmagan davlat fuqarosi boʻlishi kerak.
  2. Nomzod MUning pulli magistratura dasturiga hujjat topshirishi va qabul qilinishi zarur.
  3. Nomzod oʻz vaqtida universitetga ariza topshirish uchun badalni toʻlagan boʻlishi lozim.
  4. Nomzod o’zi tanlagan magistrlik dasturining qabul talablariga va til talablariga mos bo’lishi kerak.

Nomzodlar akademik yutuqlari, ta’lim olishga qiziqishi, intiluvchanligi hamda tirishqoqligi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod dastlab universitetning ixtiyoriy yoʻnalishlaridan biriga qabul uchun ariza topshirishi lozim (stipendiya dasturida ishtirok etish universitetga qabul uchun topshirilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi).

  1. Mos keluvchi magistratura dasturini tanlash lozim. Dasturlar: SHU YERDA.
  2. Ariza topshirish. Ariza topshirish jarayoni haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA.
  3. O’zbekistonliklar uchun barcha hujjatlar va ularga qo’yiladigan talablar: SHU YERDA.
  4. Hujjatlarni joʻnatish (kuzgi semestr uchun 2021-yil 15-yanvargacha): BATAFSIL:
  • Bakalavr diplomi (ingliz tiliga tarjima qilingan va tasdiqangan);
  • Baholar (ingliz tiliga tarjima qilingan va tasdiqlangan);
  • Til sertifikati;
  • Pasport nusxasi.
  • Motivatsion xat;
  • Tavsiyanoma;
  • Rezyume esse;
  • Agar talab qilinsa, akademik esse va portfolio;
  1. Ariza uchun 900 shved kronasi (87 yevro) toʻlanadi;
  2. Stipendiyaga ariza berish. Magistratura dasturiga stipendiya olish uchun ariza shaklini to’ldirib, topshirish kerak. Arizani topshirish jarayoni bilan video orqali tanishing.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan stipendiatlar elektron pochta orqali ogohlantiriladilar.

Stipendiya dasturi uchun arizani barcha qoʻshimcha hujjatlar bilan belgilangan muddatda 2021-yil 1-fevral kunigacha University Admissions in Swedenga topshirishi zarur.

Manzil: University Admissions in Sweden, R 312, 106 53 Stockholm, Sweden.

Telefon:  +46 (0) 21-10 13 00

Universitet bilan bog’lanish uchun boshqa kontaktlar SHU YERDA.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!