×

Malaysian Technical Cooperation Programme: Malayziya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.06.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Malayziya

O'QILGAN

3284 marta

Malaysian Technical Cooperation Programme (MTCP) dasturi 1980-yilda tashkil etilgan boʻlib, Malayziyaning rivojlanish tajribasini boshqa rivojlanayotgan davlatlarga ulashishga qaratilgan.

Bu dastur Malayziya hukumati tomonidan moliyalashtiriladi hamda rivojlanayotgan davlatlarning fuqarolariga Malayziya universitetlaridagi hamshiralik, tibbiyot va klinik farmasevtikada sohasidan tashqari istalgan soha boʻyicha magistratura bosqichida grant asosida tahsil olish imkonini beradi. Malayziyada magistratura kurslari yoʻnalishiga qarab, 2 yildan (24 oy) 3 yilgacha (36 oy) davom etadi. Magistratura dasturlari ingliz tilida oʻqitiladi.

Hozirda 2023-yil kuzidan boshlab oʻqishga moʻljallangan MTCP grantlariga arizalar qabul qilinmoqda.

Dasturning maqsadlari:

  • Boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar bilan tajriba almashish.
  • Rivojlanayotgan mamlakatlar bilan ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash.
  • Janub-Janub hamkorligini dasturini ragʻbatlantirish va rivojlantirish.
  • Rivojlanayotgan mamlakatlarda texnik hamkorlikni ragʻbatlantirish va rivojlantirish.

Nomzodlar ushbu dastur doirasida quyidagi universitetlarda magistraturani oʻqish uchun grant olishi mumkin:

1. Universiti Malaya (UM)
2. Universiti Kebangsaan Malaysia (UKM)
3. Universiti Sains Malaysia (USM)
4. Universiti Putra Malaysia (UPM)
5. Universiti Teknologi Malaysia (UTM)
6. Universiti Islam Antarabangsa Malaysia (UIAM/IIUM)
7. Universiti Malaysia Perlis (UNIMAP)
8. Universiti Malaysia Sarawak (UNIMAS)
9. Universiti Teknologi MARA (UiTM)
10. Universiti Utara Malaysia (UUM)
11. Universiti Malaysia Pahang (UMP)
12. Universiti Malaysia Terengganu (UMT)
13. Universiti Pertahanan Nasional Malaysia (UPNM)
14. Universiti Malaysia Sabah (UMS)
15. Universiti Pendidikan Sultan Idris (UPSI)
16. Universiti Sains Islam Malaysia (USIM)
17. Universiti Teknikal Malaysia Melaka (UTEM)
18. Universiti Tun Hussein Onn Malaysia (UTHM)
19. Universiti Malaysia Kelantan (UMK)
20. Universiti Sultan Zainal Abidin (UNISZA)

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichini Malayziya universitetlarida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bu grantni qoʻlga kiritgan nomzodlar quyidagi iqtisodiy imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Kontrakt summasi toʻliq qoplab beriladi.
  • Oyiga 3500 RM (taxminan 763 dollar) stipendiya. Bu stipendiya Malayziyada yashash, turar joy, tibbiy sugʻurta va boshqa xarajatlarni qoplaydi.
  • Malayziyaga borish va vatanga qaytish uchun ekonom-klass aviachitpa olib beriladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod tegishli davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak. Bu davlatlar ichida Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston, Turkmaniston va Afgʻoniston ham bor. Ushbu davlatlarning toʻliq roʻyxatini BU YERDAN topasiz.
  • Yuqorida roʻyxati keltirilgan Malayziya universitetlaridan kamida bittasiga istalgan soha boʻyicha magistraturani 2023-yil kuzgi semestrdan boshlab oʻqish uchun ariza topshirishi va qabul qilinishi kerak (grantga ariza topshirish tugagauncha universitetga qabul xatini topshirish lozim).
  • Ariza topshirish vaqtida 45 yoshdan oshmagan boʻlish lozim.
  • Bakalavriat bosqichidagi baholari oʻrtachasi (GPA) 4 lik tizimda kamida 3.5 boʻlishi lozim. Bu 100 ballik tizimda 87,5% ga teng.
  • Kamida IELTS 6.0 yoki TOEFL iBT 60 yoki shu darajaga teng xalqaro ingliz tili sertifikatiga ega boʻlish lozim.
  • Jismonan va ruhan sogʻlom boʻlish lozim (tibbiy koʻrikdan oʻtganlik haqida maʼlumotnoma talab etiladi).
  • Quyidagi sohalar boʻyicha oʻqiydigan nomzodlarga saralashda ustunlik beriladi:
    1. Science, Technology and Engineering (not including nursing, medicine, and clinical pharmacy)
    2. Economics, Finance, Management and Banking
    3. Social Science and Humanities
    4. Information and Communication Technology
    5. International Relations and Political Science
    6. Agriculture and Aquaculture
    7. Education

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun arizalar 2023-yil 30-iyungacha qabul qilinadi. Lekin grantga ariza topshirish uchun yuqorida keltirilgan universitetlarning kamida bittasidan magistratura bosqichiga qabul xatini olish va grant uchun topshirish lozim. Shu sababli, universitetga ariza topshirishni imkon qadar ertaroq boshlash tavsiya etiladi.

Grantga arizalar onlayn shaklda BU YERDA topshiriladi.

Onlayn ariza toʻldirilishi va unga quyidagi hujjatlar PDF shaklida yuklanishi kerak:

  • 2023-yil kuzgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun yuqoridagi universitetlardan biridan olingan qabul xati.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • Maqsad bayoni (Statement of intent).
  • Bakalavriatda olingan baholar. Baholarning oʻrtacha koʻrsatkichi (GPA) ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
  • CV.
  • Xalqaro ingliz tili sertifikati (IELTS 6.0, TOEFL iBT 60 yoki shu darajaga teng boshqa sertifikat).
  • Pasport yoki ID kartaning notarial tasdiqlangan nusxasi (yaroqlilik muddati tugashiga kamida 18 oy qolgan boʻlishi kerak).
  • Tibbiy maʼlumotnoma.
  • COVID-19 ga qarshi emlanganlik haqida maʼlumotnoma.

Yuqoridagi hujjatlarning barchasi ingliz tilida boʻlishi, ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar ingliz tiliga notarial tarjima qilingan nusxasi bilan birga topshirilishi kerak.

Yuqoridagi hujjatlar roʻyxati va taʼrifi bilan BU YERDA batafsil tanishing.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval grantga qabul yoʻriqnomasi va koʻp beriladigan savollarga javoblar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!