×

Malayziya: Tabiiy fanlar boʻyicha doktorantura uchun toʻliq grant; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

15.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Malayziya

O'QILGAN

1827 marta

The World Academy of Sciences va Malayziyaning Universiti Sains Malaysia universiteti TWAS-USM Postgraduate Fellowship Programme dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur uch yilgacha muddatga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar Malayziyaning tabiiy fanlar Universiti Sains Malaysia universitetida tabiiy fanlar boʻyicha tadqiqotlar olib borish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar. Grantga nomzodlar rivojlanayotgan davlatlar (Malayziyadan tashqari) vakillari boʻlishi hamda MSc/PhD darajasiga ega boʻlishi kerak.

Grant quyidagi sohalar vakillariga tegishli:

  • 01-Agricultural Sciences
  • 02-Structural, Cell and Molecular Biology
  • 03-Biological Systems and Organisms
  • 04-Medical and Health Sciences incl. Neurosciences
  • 05-Chemical Sciences
  • 06-Engineering Sciences
  • 07-Astronomy, Space and Earth Sciences
  • 08-Mathematical Sciences
  • 09-Physics

Grant kimlar uchun?

(Postgraduate) magistratura va PhDni tamomlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

TWAS-USM Postgraduate Fellowship Programme dasturi grantini yutib olgan nomzod 3 yilgacha yashash, ovqatlanish, tibbiy sugʻurta, transport sarflari kabi barcha xarajatlari qoplashga yetarli stipendiya oladilar.

Grant nomzodning oila a’zolari uchun xarajatlarni qoplamaydi. Ularni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Malayziyadan boshqa barcha rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi (Oʻzbekiston roʻyxatda bor).
  • Nomzod 2019-yil 31-dekabrga 35 yoshdan oshmagan boʻlishi kerak.
  • Nomzod tabiiy fanlar boʻyicha kamida magistr (MSc) darajasiga ega boʻlishi kerak.
  • Malayziya va boshqa rivojlangan davlatlar vizasiga ega boʻlgan nomzodlar ariza bera olmaydi.
  • Nomzod sogʻlom boʻlishi kerak. Malakali shifokordan olingan tibbiy ma’lumot talab qilinadi.
  • Nomzod oʻz yurtidai ilmiy tadqiqot/oʻquv muassasasida ishlayotgan boʻlishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  • Nomzod dastur tugagandan keyin yurtiga qaytib ketishi kerak.
  • Nomzod grant olayotgan vaqtda boshqa yerda ishlamasligi kerak.

Talablar va ta’qiqlar haqidagi barcha ma’lumot: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish 2019-yil 15-iyulgacha amalga oshiriladi. Hujjatlar onlayn tarzda taqdim etiladi. Hujjat topshirishdan avval yoʻriqnoma bilan toʻliq tanishib chiqing.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  2. Nomzod USM Institute of Postgraduate Studies (IPS) rahbari yoki boʻlim boshligʻidan olingan official Acceptance Letterni topshirishi lozim. Qabul uchun USM Institute of Postgraduate Studies (IPS)ga Rozman Hj Din ga: dean_ips@usm.my va twasusm@gmail.com manzili orqali murojaat qilinadi. Xatni olish uchun quyidagi hujjatlat topshiriladi:
  • preliminary acceptance letter uchun soʻrov;
  • CV/rezyume.
  • research proposal outline (5 sahifagacha).
  • Bakalavr/MSc/PhD diplomi va baholar varagʻi (GPA kamida 4,0 dan 3,5 boʻlishi kerak) nushasi.
  • nashr ishlarining titul varagʻidan skan nusxa.
  • ingliz tili sertifikati. IELTS kamida 5,0, TOEFL IBT 35, Cambridge CAE/CPE 154 talab qilinadi.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • USM dan ilmiy rahbar tomonidan berilgan letter of support from. USMdan ilmiy rahbar topish: shu yer orqali amalga oshiriladi.
  1. Magistr/PhD diplomi nusxasi.
  2. Qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin, hujjatlar tarkibini aniqlash uchun fellowships@twas.org yoki dean_ips@usm.my,  twasusm@gmail.com pochtalariga murojaat qiling.

Barcha hujjatlar ingliz tilida yozilishi kerak. Boshqa tillarda yozilgan hujjatlarni ingliz tiliga tarjima qilib, rasmiy hujjatlarni notarial tasdiqlatib, keyin joʻnatish kerak. Savollar tugʻilganda maqola oxirida berilgan manzillarga murojaat qiling.

Nomzodlar tadqiqot loyihasining dolzarbligi, til bilish darajasi, akademik koʻrsatkichlari, ilmiy salohiyati, mutaxassislikk doir bilim va tajribasiga asosan saralanadi.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga tez fursatda xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun:

Contact Details

TWAS Fellowships Office
ICTP campus, Strada Costiera 11
34151 Trieste, Italy
Telefon: +39 040 2240 687
Faks: +39 040 2240689
Elektron pochta: fellowships@twas.org

Institute of Postgraduate Studies (IPS)

Prof. Rozman Hj Din Dean

Universiti Sains Malaysia (USM)
11800 Penang, Malaysia
Telefon: +60 4 6532 930

Faks: +60 4 6532 931

Elektron pochta: dean_ips@usm.my, twasusm@gmail.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!