×

Malayziya: Yosh olim va tadqiqotchilar uchun oʻquv-amaliy mashgʻulot; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

09.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Malayziya

O'QILGAN

2822 marta

Malayziyaning The Academy of Sciences Malaysia (ASM) akademiyasi va The World Academy of Sciences (TWAS) hamkorlikda yosh olimlar uchun TWAS-ASM Regional Workshop on Science Diplomacy oʻquv-amaliy mashgʻulotini tashkil etmoqda. Dastur Science Diplomacy mavzusiga bagʻishlanib, unda rivojlanayotgan davlatlardan boʻlgan (roʻyxatda Oʻzbekiston ham bor) yosh olim va tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin. Dastur davomida global sog’liqni saqlash, kelajakdagi tadqiqotlar, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va suvni boshqarish mavzulari, shu bilan birga fan, texnologiya va innovatsiyalar dunyo miqyosidagi siyosat, global boshqaruv va barqaror rivojlanish uchun qanday hissa qo’shayotgaligi muhokama qilinadi. Mashgʻulotlar 2020-yil 20-24 iyul kunlari boʻlib oʻtadi.

Grant kimlar uchun?

Yosh olimlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ishtirokchilar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Aviachipta va Kuala Lumpur boʻylab transport xarajatlari qoplanadi.
  2. Turar joy bilan taʻminlanadi.
  3. Viza xarajatlari toʻlab beriladi. Batafsil ma’lumot

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod rivojlanayotgan davlat fuqarosi bo’lishi kerak.
  • Nomzod yosh olim/tadqiqotchi boʻlishi kerak (40 yoshdan kichik).
  • Siyosatchilar va diplomatlar ham dasturga ariza berishlari mumkin (yosh chegarasi yo’q).
  • Nomzod science diplomacy sohasi boʻyicha faoliyat/tadqiqotlar olib borishi kerak.
  • Dasturga ayol nomzodlarning ariza berishlari qoʻllab-quvvatlanadi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga ariza berish uchun shu yerda onlayn ariza toʻldirilib, kerakli hujjatlar yuklanishi kerak. Ariza shaxshiy maʻlumotlar, ilmiy daraja va unvonlar, ish joyi, olib borilgan tadqiqotlar, qoʻlga kiritilgan mukofotlar, chop etilgan nashrlar haqidagi savollardan iborat. Ariza ingliz tilida toʻldirilishi kerak.

Arizalar 2020-yil 9-martgacha qabul qilinadi.

Natijalar 2020-yil aprel oyi oʻrtalarida eʻlon qilinadi.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Bog’lanish uchun:

Email: bia@akademisains.gov.my

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!