×

Malmö University Master’s Scholarship: magistratur kursini Shvetsiyada bepul o’qish uchun grant dasturi


Grant

MUHLAT

15.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

2298 marta

Shvetsiyada joylashgan Malmö University tomonidan beriladigan Malmö University Master’s Scholarship grant dasturiga arizalar qabuli yaqinlashmoqda. Grantlar shu universitet dunyoning barcha mamlakatlaridan bo’lgan, magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan eng iqtidorli talabalarga beriladi. Universitetda mavjud magistratura kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Malmö University Master’s Scholarship grantini yutib olgan talaba o’qish to’lovini to’lashdan butunlay ozod etiladi. Grant faqat 2 yillik magistratura kursi kontrakt to’lovini qoplab beradi, ammo Shvetsiyada yashash xarajatlari uchun qo’shimcha moliyaviy yordam ko’rsatmaydi.

Talablar:

  • Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi va bakalavr kursida o’qigan sohasi hujjat topshirilayotgan magistratura kursi yo’nalishiga mos bo’lisi kerak.
  • Magistratura kursiga qabul qilinish uchun nomzodning baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak. Grantni yutib olish uchun esa juda yuqori baholar talab etiladi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Bu haqida batafsil
  • Bakalavr bosqichining oxirgi kursida o’qiyotgan talabalar uchun talablar bilan bu yerda tanishing.  Barcha talablar haqida batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun avvaliga Malmö universiteti magistratura kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirishingiz kerak. Magistratura kursiga o’qishga qabul qilinganingizdan so’ng sizga grant uchun qanday ariza berish mumkinligi to’g’risida xabar yuboriladi. 2021-yil bahorda masofaviy tarzda boshlanadigan magistratura kurslariga qabul 2020-yil 16-sentyabrdan 15-oktyabrgacha bu yerda qabul qilinadi. Malmö universitetida bo’ladigan (masofaviy bo’lmagan) va 2021-yil kuzda boshlanadigan magistratura kurslari uchun qabul ham oktyabr oyida boshlanadi. Hujjatlar qabuli ochilguniga qadar kerakli hujjatlarni tayyorlash va hujjat topshirish jarayoni bilan yaqindan tanishib chiqish kabi masalalar uchun vaqt ajratish juda muhim.

Hujjat topshirish jarayoni:

  1. Magistratura kursini tanlang.
  2. Bu yerda ariza topshiring. Masofaviy bo’lmagan ta’lim kurslari uchun qabul 2021-yil 15-yanvargacha davom etadi. Ariza topshirishda bir urinishda bir nechta magistratura kurslariga ariza topshirish mumkin. Shved universitetlarining barchasiga hujjatlar universityadmissions.se nomli ariza topshirish tizimi orqali yuboriladi. Bu platformada nechta magistratura kursiga ariza berilishidan qat’iy nazar 900 SEK (taxminan 100 AQSh dollari) miqdorida to’lov amalga oshirilishi kerak. To’lov qanday amalga oshiriladi?
  3. Kerakli hujjatlarni tayyorlang va jo’nating.

Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishing. Qo’shimcha ma’lumot uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!